Farg`ona iqtisodiy geografik rayoni Andijon viloyati transporti Namangan viloyati transporti


Download 39.5 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi39.5 Kb.
#1042499
Bog'liq
Farg`ona vodiysi transporti


Mavzu: Farg`ona vodiysi temir yo`l transporti
Reja:

  1. Farg`ona iqtisodiy geografik rayoni

  2. Andijon viloyati transporti

  3. Namangan viloyati transporti


Farg`ona iqtisodiy geografik rayoni
Iqtisodiy ­o‘rni­ va ­tabiiy ­boyliklari. Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. 
Farg`ona viloyati
Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan.
Transporti
Temir yoʻl uzunligi 227,8 km. Avtomobil yoʻllarining uzunligi 8,6 ming km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 8,5 ming km. Asosiy yoʻnalishlari: Toshkent — Qoʻqon — AndijonMargʻilon — Qoʻqon — Navoiy, Qoʻqon — Margʻilon — Quva. Fargʻona shahrida yirik aeroport ishlab turibdi.


Andijon viloyati
Andijon viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000).
Transporti
Temir yoʻl transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000). Viloyatda dastlabki temir yoʻl 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka – Shahrixon (1931), Uchqoʻrgʻon – Toshkoʻmir (1935) va boshqa temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yoʻllari Andijon shahrini ToshkentMoskvaSankt-Peterburg va boshqa shaharlar, shuningdek KavkazQrim bilan bogʻlaydi. Andijon shahri koʻchalarida, shuningdek Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnaydi.
Namangan viloyati
Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 11-martda tashkil etilgan.
Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan.

Transporti
Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941-yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984-yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling