Farg’ona politexnika instituti mexanika fakulteti avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari fanidan
Download 1.18 Mb.
|
Mirzahamdamov Hasanboy. Avtomatlashtirilgan loyihalash.
Tasma bilan shkiv orasida hosil boʻluvchi ishqalanish kuchi hisobiga tasma yetakchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga burovchi moment uzatadi. Tasmalarning tipiga qarab, Tasmali uzatma yassi, ponasimon, doiraviy kesimli va boshqa tasmali xillarga boʻlinadi (rasmga k,.). Yassi va doiraviy Tasmali uzatmada bitta, ponasimon Tasmali uzatmada esa bir necha (odatda, kamida 6—8 ta) tasma ishlatiladi. Tasmali uzatma oddiyligi, tannarxining pastligi, harakatni ancha uzok. (15 m va undan ortiq) masofaga uzata olishi, shovqinsiz ishlashi, mexanizmlarni ortiqcha zoʻriqishdan saklashi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi; tasmalarning tez yeyilishi, uzilishi, oʻlchami kattaligi, val va shkivlarga katta kuch tushishi, uzatish nisbatining doimiy emasligi va boshqa uning kamchiligidir. Tasmali uzatma, 30 kVt dan bir necha yuz kVt gacha quvvat uzatishda qoʻllaniladi. Tasmali uzatma avtomobillar, stanoklar, tikuv mashinalari va boshqalarda ishlatiladi.
Tasmali uzatmalar bir necha belgi bo‘yicha turlarga bo‘linadi: a) tasmaning ko‘ndalang kesimdagi shakli (profili)ga ko‘ra: yassi, ponasimon, doiraviy, tishli-tasmali; b) shkivlar vallari o‘qlarining o‘zaro joylashishga ko‘ra: parellel, ayqash; v) tasmani taranglash usuliga ko‘ra: shkivlaridan biri davriy ravishda siljitiladigan oddiy, qo‘shimcha moslama yordamida avtomatik ravishda rostlanadigan murakkab.Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling