Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


DMTT shtatidagi xodimlar sogʻligʻini saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi. 45


Download 135.6 Kb.
bet6/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

44. DMTT shtatidagi xodimlar sogʻligʻini saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
45. DMTT tibbiyot xodimining malakasini oshirish bepul asosda sogʻliqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
46. DMTTda tibbiyot xodimi uchun alohida xona ajratilib, faoliyati uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratiladi.
47. Tarbiyalanuvchilarning davriy tibbiy koʻrigi tuman tibbiyot birlashmasi bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.


9-bob. MTTda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish


48. DMTTda sogʻlom ovqatlantirish tartibi qonun hujjatlari, sanitariya normalari va gigiyena talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
49. DMTTda bolalarni sogʻlom ovqatlanishini tashkil qilish uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.
50. DMTTda bolalarni sogʻlom ovqatlanish tartibi amaldagi SanPIN meʼyorlari asosida belgilanadi.
51. DMTTda ovqatlanish belgilangan tartibda tashkilot rahbari va tibbiyot xodimi tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida tashkil etiladi.
52. DMTTning rahbari, tibbiyot xodimi va oziq-ovqat xizmati xodimlari taomlarning oʻziga xos sifati (xilma-xilligi), oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq saqlanishi va foydalanilishi, ovqatlarni tayyorlanishi texnologiyasi, ta’mi, shuningdek, ovqatlanish boʻlimi va oshxonaning sanitariya talablariga rioya etilishi ahvoli uchun javobgar hisoblanadi.
53. DMTTda sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish qonunchilikka muvofiq autsorsing uslubida tashkil etilishi mumkin.


10-bob. DMTT faoliyatini moliyalashtirish


54. DMTT faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari, bolalarni DMTTda saqlash uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaxslarning hayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
55. DMTTga qoʻshimcha byudjet mablagʻlarini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.



Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling