Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


-bob. Bola qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari


Download 135.6 Kb.
bet9/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

14-bob. Bola qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari


70. Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
- bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
- oʻzining bolasi uchun maktabgacha taʼlim shaklini va taʼlim berish tilini tanlash;
- DMTT maʼmuriyatidan maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim berish va tarbiiyalash sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
- bolani rivojlantirish, tarbiyalash va taʼlim berish masalalari yuzasidan vakolatli organlarga murojaat qilish;
- bolaning shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
- DMTTda bolalar taʼlim olishi va tarbiyalanishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
- DMTTning oʻquv rejalari va dasturlari bilan tanishish;
- DMTT Kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga va MTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
71. Bola qonuniy vakillarining majburiyatlari:
- bolaning jismoniy salomatligi, ruhiy holati haqida doim qaygʻurishi, uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va isteʼdodlarini rivojlantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
- DMTTdagi taʼlim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
- bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;
- oilada bola har tomonlama rivojlanishi, tarbiya va taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.


15-bob. DMTT pedagog va boshqa xodimlarining huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi



72. DMTT xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlari, mazkur Nizom va mehnat shartnomasi yoki mehnat kelishuvi bilan belgilanadi.
73. MTT pedagog va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish mehnat shartnomasi, DMTTning ichki mehnat qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
74. DMTTda tegishli pedagogik maʼlumotga, maktabgacha taʼlim sohasida kasbiy tayyorgarlikka va yuksak maʼnaviy, ahloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
75. Sudning hukmi yoki tibbiy xulosaga asosan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi ta’qiqlangan shaxslarga DMTTda pedagogik faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling