Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


Download 135.6 Kb.
bet1/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis





Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan
2023-yil “___” __________ da
roʻyxat raqami ___________

TАSDIQLАYMАN”
Farg‘ona tumani Maktabgacha
va maktab ta’limi boʻlimi boshligʻi______ G‘.Ortiqov

____”-___________ 2023-yil



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG‘ONA VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
FARG‘ONA TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA’LIMI BO‘LIMI
25-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING
N I Z O M I
FARG‘ONA TUMANI 2023-YIL
25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining


NIZOM

  1. bob. Umumiy qoidalar



1. 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda DMTT deb ataladi) Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari agentligi roʻyxatidan 2023-yil “____” ____________oʻtkazilgan.
2. DMTTning yuridik manzili: Farg‘ona tumani, O’rta qishloq MFY, Shijoat koʻchasi 99 - uy
3. DMTTning ta’sischisi: Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi.
4. Mazkur Nizom DMTTning maqsad va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
5. DMTT Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb yuritiladi) idoraviy va tarkibiy boʻysunuvida hisoblanadi. DMTT Nizomi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
6. DMTT oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
7. DMTT yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhr va shtamp, byudjet va byudjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamiga egadir.

Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling