Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2023-yil “ ” da roʻyxat raqami


-bob. DMTTning faoliyatini tashkil qilish


Download 135.6 Kb.
bet3/12
Sana31.10.2023
Hajmi135.6 Kb.
#1735852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
43-ДМТТ Nizom oxirgis

4-bob. DMTTning faoliyatini tashkil qilish


16. DMTT maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni taʼminlaydi.
17. DMTT guruhlarining ish tartibi:
- 5 kunlik - 9 soatlik
- Soat 8:00 dan 17-00 gacha (DMTT ish davomiyligi bilan bogʻliq holda)
18. DMTT va bolaning qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabatlari, shuningdek, bolaning DMTTda taʼlim-tarbiya olish vaqti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi.
19. Shartnomada bolaning DMTTga kelish vaqti, kun tartibi, ovqatlanish jarayoni va boshqa shartlar koʻrsatiladi.
20. DMTTda oʻquv yili joriy yilning 2-sentyabr kunidan kelgusi yilning
31-may kuniga qadar boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri yilning 1-iyun kunidan 31-avgust kuniga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
21. DMTTda bolalar uchun taʼlim-tarbiya jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq davlat tili va boshqa tillarda tashkil etiladi.


5-bob. DMTTga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish


22. DMTTga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
23. Bolani DMTTga doimiy yoki vaqtincha qatnashishga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
- bolaning qonuniy vakil tomonidan berilgan arizasiga koʻra;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 28.03.2018 yildagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga muvofiq berilgan yoʻllanmalar;
- bolaning sogʻligi holati toʻg‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
24. Bolaning qonuniy vakillari uning tibbiy xaritasi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi, qonuniy vakilning pasport nusxasi va bolaning 2 dona rangli fotosurati (3x4 oʻlchamli fotosurat).

Download 135.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling