Qo‘ziqorin zamburug‘i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zamburug‘ hisoblanadi. uning ichi bo‘sh, meva tanasi 10—12 cm bo‘lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat. Qo‘ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprofit holda hayot kechiradi. Тuproq ostidagi ko‘p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan boshlab meva tanachalar shakllana boshlaydi. ular kelgusi yili bahorda yetilib tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Qo‘ziqorin shartli iste’mol qilinadigan zamburug‘lar guruhiga kiradi. eng yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug‘larga oq zamburug‘, oq qayin bilan birga o‘sadigan zamburug‘ va boshqa zamburug‘lar kiradi. ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mineral moddalar hamda inson organizmi uchun zarur elementlardan esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |