Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi
Zamburug‘larning ahamiyati
Download 1.11 Mb.
|
9-sinf 6-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lishayniklar.
Zamburug‘larning ahamiyati. ular tabiatda keng tarqal- gan va katta ahamiyatga ega bo‘lib, moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug‘lar ishtirokida boradi.
mikoriza — yuksak o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko‘pchilik o‘simliklar tuproqdagi zamburug‘lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). ektotrof mikorizada o‘simlik ildizining uchki qismini zich g‘ilof ko‘rinishida zamburug‘ mitselliysi o‘rab oladi. endotrof mikorizada zamburug‘ ildizning ichki to‘qimalariga kirib oladi. Тashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug‘ daraxt ildizidan karbon suv va vitaminlarni o‘zlashtiradi. Shu bilan birga tuproq gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislota- larning bir qismi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug‘ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshirib, unumsiz tuproqlarda o‘sayotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ichki mikoriza ko‘pincha o‘t o‘simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi bir zamburug‘lar parazit organizmlar sifatida o‘simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zamburug‘larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, shuningdek, achitqilardan esa turmushda keng foydalaniladi. Lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos guruhi bo‘lib, zamburug‘lar va bir hujayrali suv o‘tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan organizmlardir. Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizmlardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uchta turga bo‘linadi: 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon. Suv o‘tlari hujayralari Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, tabiatda juda keng tarqalgan. ular tosh va qoyalarda, cho‘l va dashtlarda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling