Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi
Download 1.11 Mb.
|
9-sinf 6-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshoqli o ‘ simlik bargida- gi zang
Parazit zamburug‘lar. Zamburug‘lar orasida parazit turlari ham juda ko‘p. ular o‘simlik, hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug‘lar qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug‘i murakkab taraqqiyot davri, ya’ni har xil sporalar va oraliq xo‘jayinga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bahorda zang zamburug‘i oraliq xo‘jayin hisoblangan zirk o‘simligida rivojlanishni boshlaydi. Keyinchalik bug‘doy o‘simligida hayotini davom ettiradi. Butun yoz davomida parazit zamburug‘ sarg‘ish-qizil (zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. ular bug‘doy o‘simligining poya va barglarini zararlaydi. Poya va barglardagi dog‘lar sporalardagi pigmentlarga bog‘liq bo‘lib, temirdagi zang dog‘ga o‘xshab ketadi. Shuning uchun uni zang zamburug‘i deb yuritiladi. Zararlangan o‘simlik boshoq hosil qilmaydi yoki donlari puch bo‘lib qoladi. Parazit zamburug‘lar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki ularning yengil sporalari shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang zamburug‘lariga qarshi kurashda eng qulay usul — ushbu zamburug‘larga chidamli yangi bug‘doy navlarini yaratish hisoblanadi. Vertisill. oq palak — ushbu zamburug‘ turli o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalarida parazit holda hayot kechiradi. Zamburug‘ o‘simliklarni o‘ziga xos “vilt” deb atalgan so‘lish kasalligiga cha- lintiradi. kasallikning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik holatini yo‘qotishi bo‘lib, ularda dastlab sarg‘ish-jigarrang, so‘ngra qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu uning barglarini erta to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Vilt bilan zararlangan o‘simlik ko‘pincha nobud bo‘ladi yoki biror organi so‘lib chiriydi. kasallikka qarshi kurash choralari xo‘jaliklarda almashlab ekishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, viltga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish va boshqalardir. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling