Mitselliyning tuzilishi va ko‘payish usuliga qarab zamburug‘lar tuban va yuksak zamburug‘larga bo‘linadi. Тuban zamburug‘lar mitselliysida to‘siqlar bo‘lmaydi (oq po‘panak), jinsiy ko‘payish suv o‘tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug‘lar (penitsill) mitselliysi to‘siqli, ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi.
Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo‘ladi. Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. kurtaklanish natijasida hosil bo‘lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi. ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburug‘larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. ushbu jarayon pivo, vino va non- voychilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Spirtli achish jarayonida
ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Non- voychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi xamir ko‘pchishini, ya’ni yengil va g‘ovak bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |