Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi
Yopishqoq lishaynik va uning tallomining ko
Download 1.11 Mb.
|
9-sinf 6-dars
Yopishqoq lishaynik va uning tallomining ko‘ndalang kesimi.
Zamburug‘ mitselliysi. Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. ulardan (kladoniya turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. unumsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘simliklar hamjamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioaktiv moddalarni ham to‘plash xususiyatiga ega. Тoza havoni talab etuvchi lishayniklardan atmosfera havosining ifloslanganlik dara- jasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, o‘rmonlarda ayniqsa, qarag‘ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bunda kladoniyaning (kladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt po‘stlog‘ida soqolli usneya (usneya barbata), tasmasimon everniya (Evernia prunastri)lar yashil-sarg‘ish hamda tillarang — Хantoria pariyentina sariq qoplam hosil qiladi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Lishayniklardan ajratib olingan ekstraktlar atir-upa mahsulotlariga, kosmetika mahsulotlariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Cho‘llarda uchraydigan lishaynik manna iste’mol qilinadi. Lishaynik cho‘llarda, qoya toshlarda paydo bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. Yemirilgan tog‘ jinslaridan yupqa tuproq qatlami hosil bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling