Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Buyrak kasalliklari:Mizoj buzilish kasalliklari Tarkib kasalliklari: a`zoning kichik yoki katta bo`lishi Uzluksizlikning buzilish kasalliklari: yaralar, yeyilish, tomirlarning yorilishi Buyrak ahvolini ko’rsatadigan alomatlarBuyrakning ahvolini siydikning miqdori, suyuqligi, rangi, unga aralashgan narsalar, shuningdek chanqash holi, jinsiy aloqani istash holi, bel sohasidagi og’riqlar, ikki boldirning holi hamda og’riqning o’ziga qarab buyrakni ushlab ko’rib, kasalga nimalar muvofiq kelib nimalardan nafratlanishiga qarab bilinadi. Buyrak kasalligi goho siydikning kamayishi bilan o’tadi. Siydikning yetilishi juda qattiq kuchli bo`lib, boshqa aralashmalari ham bo`lsa, illatni qovuqda deb taxmin qilinadi. Agar yetilish bu darajada bo`lmasa, illat buyrakda bo`ladi. Yuqori a`zolar sog’ bo`lmasa, yetilish bo’lmaydi va ularda ofat bo`lmasa edi, yetilmaslik ham bo’lmas edi. Umuman, buyrak ahvolini ko’rsatadigan alomatlar:-siydik miqdori, suyuqligi, rangi, siydikka aralashgan narsalar, chanqash holi, jinsiy aloqani istash holi, -belning ahvoli (bel og’riqlari), ikki boldirning holi buyrakni ushlab turish
buyrak tomon ushlanganda issiq tuyulishi, jinsiy aloqa istagining kuchli bo`lishi Buyrakning sovuq mizoji belgilari: siydikning oqligi,-jinsiy aloqa istagining yo’qolishi,belning zaifligi,buyrak tomon ushlanganda sovuq tuyulishi,chanqashning kamligi bilan namoyon bo`ladi.
-echki suti,sigir ayroni,sovuq suv va tarrak urug’i bilan huqna qilish -Quyuq surtmalar va sovuqlik yog’lari bilan ishqalash Buyrakning buzilgan sovuq mizojini davolash: -issiqlik o`simlik va hayvon yog’lari: kunjut yog’i, yong’oq yog’i, kalkalanaj, sariyog’, achchiq bodom yog’i va maxsar yog’lari, sariq yo’ng’ichga,ukrop suvi, -kalla va jo’ja go`shti sho’rvalari bilan huqna qilish,tulki , sirtlon yog’i, dafna yog’i "sanovbar", yong’oq yog’i, pista moyi bilan badanni moylash,Qust yog’i bilan huqna qilish -buyrakni quvvatli qilishda dumba yog’i bilan huqna qilish yaxshi samara beradi. Buyrak toshi bilan qovuq toshining paydo bo`lishidagi sabablar umumiydir. Tosh - ta`sirlanuvchi modda bilan ta`sir qiluvchi quvvat natijasida hosil bo`ladi. Ta`sir qiluvchi quvvat - bu mo`tadillikdan chiqqan haroratdir. Ta`sirlanuvchi modda - shilliq, yiring yoki qon kabi suyuq, yopishqoq rutubatdan iborat bo`ladi. Modda to’planishining 2 ta sababi bor: -moddani ko`paytiruvchi mahsulotlar: g’aliz ovqatlar, quyuq sut, pishloq, tuya, sigir va taka go`shtlari, yopishqoq non, xom non, patir, uvra, lokashta, shirguruch, yopishqoq holvalar, xom mevalar (olma, shaftoli, limon, nok) eti, loyqa suvlar, qora quyuq sharoblar. Moddani qamab turuvchi sabablar: mizoj buzilishi yoki issiq shish sababli buyrak haydovchi quvvatining zaifligidir. Bu zaiflik natijasida buyrakka oqib kelgan qonning suvlik qismidan hosil bo`lgan ortiqcha xiltlar, cho’kmalar qamalib qoladi. Kuchli issiqlik ortiqcha xiltlarni to’liq hazm bo`lishidan oldin tana yuqori qismidan buyrakka tortadi va uni qovuqqa o’tkazishdan oldin qumga va toshga aylantiradi. Buyrak toshi - bir oz yumshoqroq, kichikroq, qizg’ishroq bo`ladi. Siydikda paydo bo`lishidan ancha burun paydo bo`lgan va siydik bilan birlashmay undan orqada qolgan siydik cho`kmasidan iborat bo`ladi. Ko`pchilik bemorlar semiz bo`ladi. Qariyalarda buyrak toshi ko`proq bo`ladi. (chunki qariyalarda xiltlar quyuq bo`lib u buyrak orqali o`tmaydi va ularda hazm faoliyati zaif bo`ladi). Buyrak tosh borligining alomatlari: -siydik avval quyuq bo`lib, keyin suyuqqa aylanadi,-siydik qancha tiniq bo`lsa, undagi cho`kma qanchalik oz bo`lsa, bu toshning qattiqroqligini bildiradi og’riq yoki og’riqsiz qora tusda siyish qovuqda tosh borligini bildiradi, beldagi og’irlik hissi va og’riq sezilishi. Og’riq kuchayishi sabablari: -tosh paydo bo`lishining boshida u o`rnashayotgan to`qimalarni parchalaganda -taom iste`mol qilgach uning ichakka tushib o`tganda,chiqindilar haydalib ichak bo`shashgunga qadar. Toshning harakati belgilari:-og’riq pastga borib zo`rayadi, ya`ni og’riq beldan 2 son orasiga va siydik yo`li sohasiga tarqalib juda kuchli bo`ladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling