Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Me`da kasalliklarini tashxislash va davolash. Bavosir.Me`da ahvolini bildiradigan dalillar Me`da ahvoli quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: me`da ko`tara oladigan va ko`tarolmaydigan ovqatdan, me`daning ovqatni singdirishidan yoki haydashidan, ovqatga va ichimlikka bo`lgan ishtahasidan, uning harakatlaridan, me`da xafaqonni va hiqqichoq kabi betoqatligidan; og’izdagi maza hamda uning ho’lligi va quruqligi, dag’alligi va silliqligi hamda hididan, qusish orqali me`dadan chiqadigan narsadan, yo axlat yoki tovushli va tovushsiz chiqariladigan yeldan, yoki yuqoridan chiqadigan yeldan, ya`ni kekirishdan, tutilib qolgan yeldan, ya`ni qorin quldirashidan, yuzning va og’iz ichining rangidan, og’riq va alamlardan, me`daning boshqa a`zolarga hamkorligidan, me`daga mos keladigan yoki zarar qiladigan ovqat, ichimlik va dorilardan bilinadi. Me`daning ovqatni ko`tara olishi va ko`tara olmasligidan dalil qilishga kelsak, agar u odatdagidan ko`ra kam va ozgina ovqatnigina ko`tara oladigan bo`lsa, me`dani kuchsizlantiradigan biror sabab bilan kuchsizlashgan bo`ladi, agar odatdagi miqdorni ko`tarolsa, quvvati joyida qolgan bo`ladi. Tabiiy issiq mizojning belgilari qoramol va g’oz go`shti va boshqa shu xil kuchli ovqatlarni yaxshi hazm qilishi hamda jo’ja go`shti va sut kabi latif va yengil ovqatlarning buzilishi, eng issiq, mizojli ovqatlarni yaxshiroq qabul qilishi va hazmning ishtahadan ustunligidir. Tabiiy sovuq mizojning belgisi shuki, unda ishtahadan kamchilik bo’lmaydi, biroq hazmda kamchilik bo`ladi, bunday me`dada latif va yengil ovqatlar hazm bo’lmaydi va u eng sovuq mizojli ovqatlarni yaxshiroq qabul qiladi. Tabiiy quruq mizojning belgisi odatda tashnalik ko`p bo`ladi, lekin bir oz narsa ichish bilan uni qondirish mumkin, ko`p miqdorda ichilsa og’ir qiladi, unday me`da eng quruq ovqatni yaxshiroq qabul qiladi. Tabiiy ho’l mizojning belgisi tashnalikning kamligi, ko`p ichishni yengil ko`tara olish va undan me`daning og’ir bo`lmasligidir. Bunda me`da eng rutubatli ovqatlarni yaxshiroq, qabul qiladi. Me`daning sovuqligiga yeyilgan ovqatning sust o’zgarishi dalolat qiladi, hatto ovqat quyiga tushmaydi, yoki bir muddatdan keyin deyarli o’zgarmagan holda qusib tashlanadi. Mizoj haddan tashqari sovuq bo`lsa, yeyilgan ovqat aslo o’zgarmaydi va hazm bo’lmaydi. Goho buzuq sovuq mizojga ishtahaning kuchliligi, tashnalikning kamligi va biz bayon qilgandek yeyilgan ovqatga qaramay kekirikning nordon bo`lishi dalolat qiladi. Faqatgina yengil ovqatlarning singdirilishi va ilgari hazm bo`lib yurgan g’aliz ovqatlarning singmasligi ham buzuq sovuq mizojga dalil bo`ladi. Ba`zan me`daning buzilgan sovuq mizoji ovqat yeyilgandan bir necha soat o’tgach tortishish va zo’r og’riq, paydo qilish darajasiga yetadi, bu belgilar har kuni sirkasimon suyuqlikni qusib tashlash bilangina bosiladi, bu ko`pincha istisqoga va hazm buzilishi natijasida paydo bo`ladigan ich ketishga ham olib keladi. Me`dasining mizoji sovuq bo`lgan kishining rangida tajribali kishidan yashirinmaydigan sariqlik va oqlik yuz beradi, juvona go`shti eng yaxshi dorilaridandir. Goho shu mizojning zararlariga miya hamkorlik qilib yeldan bo`ladigan bosh og’rig’i, quloq shang’illashi va shunga o`xshash holatlar paydo bo`ladi. Me`dadagi buzuq, sovuq mizoj issiq tub mizoj bilan duch kelib qolsa, qorin quldirashi, damlanish, quruqlik va tashnalik ko`payadi. Biror sabab bilan tomirdan qon olishga ehtiyoj tushib qon olinsa mizoj buzilishi ortadi va bu ingichka og’riq kasalligiga olib keladi. Buning davosi ovqatdan oldin tilchani ho’llaydigan miqdorda ozgina sharob ichishdir. Ovqat suv shimuvchi narsalar va yog’siz qizil go`sht bo`lib, suyuq oshlar bo’lmasligi kerak. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling