Yurakning tabiiy mizoj belgilari:
-ko`krak qafasi keng, puls tabiiy katta va tez, kuchli bo`lsa yurak tabiiy issiq mizojli bo`ladi.
-ko`krak qafasi tor, puls tabiiy kichik, siyrak va sust bo`lsa, yurak tabiiy sovuq mizojli bo`ladi.
-Puls yumshoq , tez ta`sirlanish, terining ho`lligi, yurakning ho`l mizojliligini bildiradi.
-Puls qattiq bo`lsa, kechikib ta`sirlanish, terining quruqligi, yurak mizoji quruqligini bildiradi.
Buzilgan issiq mizoj belgisi: puls tez, nafas odatdagidan ko`proq, kuchli tashnalik, umumiy ozish , behuzurlik, g’amginlik kuzatiladi. Buzilgan sovuq mizoj belgisi: puls odatdagidan kichik, sust, siyrak, nafas olish kuchsiz, cho`chish, qo`rqoqlik kuzatiladi.
Buzilgan ho`l mizoj belgisi: puls odatdagidan ko`ra yumshoq, tez ta`sirlanish, xiltlardan bo`ladigan
isitmalar kuzatiladi.
Buzilgan quruq mizoj belgilari: puls odatdagidan ko`ra qattiqroq, kech ta`sirlanish, badan ozishi
yuzaga keladi.
Yurak kasalliklarini davolashning umumiy qoidalari:
dorilar bilan (taryoq va bodzahrlar) yurak xiltini bo`shatish
yurak mizojini almashtirish
-Yurakni dorilar bilan giyohlar bilan davolash
Yurakning buzilgan issiq mizojiga qarshi:
shom olmasi yoki behi suvini ichirish
asl ho`l mevalarni qaynatib quyultirilganining shirasidan berish tavsiya etiladi.
Yurakning buzilgan sovuq mizojiga qarshi:
katta ma`jun dorilar, rayhoniy sharob, xushbo’y quyuq va suyuq surtma dorilar berish uchun
tavsiya etiladi.
Buzilgan quruq mizojda:
Ho’llovchi ovqat ko`proq yedirish,
Buzilgan ho`l mizojda:
yengil ovqatlar buyurish, qurituvchi dorilar berish mo`tadil badantarbiya, Hammomga tushish, xushbo’y sharobdan oz-oz iste`mol qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |