Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 0.87 Mb.
bet19/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash.


Yurak kasalliklarining belgilari

Tabiiy bolmagan mizojlarning dalillari yurak kasalliklarini bildiruvchi belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketish, sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki boshqa a`zoning hamkorligidan bolmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi bo`ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo`lsa, belgi tola-tekis bo`ladi, agar u hushdan ketishga borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo`ladi.

Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan silliq va ozish yo`liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo`lsa, umuman ingichka og’riq kasaliga uchraydi, sovuq bo`lsa, ingichka og’riqning keksa va juda qarib zaiflashib ketgan kishilarda bo`ladigan bir turini keltirib chiqaradi, quruq bo`lsa, sil va ingichka og’riq kasalliklarini keltirib chiqaradi; bu sil o`pkadan bo`ladigan sildan boshqacha bo`ladi, chunki bunda o`pkaning o’zi zararlanmaydi, bunga yo`liqqan kishida yo’tal ham bolmaydi, issig’i yo’qligidan issiq ingichka og’riq kasalligidan ham boshqacha bo`ladi

Yurakdagi buzilgan issiq mizojning belgisi: tomir urishining tezligi va ketma- ketligining tabiiylikdan ortib ketishi, nafasning odatdagidan ko’ra ko`proq tez va ketma-ket bo`lishi, sovuq havo bilan toxtaydigan kuchli tashnalik, salqindan rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish bilan birga bo`lgan gamginlik va behuzurlikdir.

Buzilgan sovuq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra kichikligi, sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa yo`l bilan qoplanmagan hojatni qoplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo`lsa, u belgi bolmaydi. Yana nafas olishning kuchsizlanishi, quvvatning tarqalishi, isitadigan turli narsalarga tekkanda, ularni hidlaganda va tatiganda rohat topish; shuningdek chochiydigan bo`lishlik, qo`rqoqlik, haddan tashqari yumshoqlik va ko`ngilchanlik

ham buzuq sovuq mizojning belgilaridandir.



Buzilgan ho’l mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra yumshoqligi, ruhga ta`sir qiluvchi narsalardan tez ta`sirlanish va ta`sirning tez ketishi, xiltlarning hidlanishidan bo`ladigan isitmalarning ko`p bo`lishidir.

Buzilgan quruq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra quruqligi, ta`sirlanishning qiyinligi, ta`sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo`lsa ham uzoq vaqt qolishi va badanning ozishidir.



Yurakda bo`ladigan shishlarning belgilariga kelsak, ularning ba`zilari issiq

shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida qiziq va odatdan tashqari notekislik yuz beradi, badanda, ayniqsa nafas a`zolariga beriladigan alanga zo’rayadi.



Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko`p tortsa ham, nafas olmayotgandek bo`ladi, so`ngra uning ketidan bir necha bor hushdan ketishlik yuz beradi.

Yurakdagi issiq shishlarning holatini aniqlashda boshqa shunga o`xshash kasalliklarda bo`ladigan tomir urishining qattiqligi kabi belgini kutish kerak emas. Chunki yurak shishi tomir urishining qattiqlashuvigacha borib yetmaydi, balki undan oldin oldiradi.
Yurakda uzluksizlikning buzilganligi esa sirtda bo`ladigan sabablar orqali bilinadi. Ba`zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo`lsa, kishi o’ladi, uning belgisi chap sut bezi tugmachasining og’rishidir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling