Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Kishi mizojini mo`tadil qilish uchun quyidagilar qilinadi.1.Issig’i oshib ketgan mizojni tuzatish to`g’risida 2.Sovug’i oshgan mizojni tuzatish to`g’risida 3.Kasalikka tez beriluvchan kishilar tadbiri 4.Oriq kishini semirtirish tadbiri 5.Semiz kishini ozdirish tadbiri Issig’i oshib ketgan mizojni tuzatish uchun mizojga mos, yoqadigan ovqatlar berib tadbir qilinadi. Badan o`tlardan bo`shatiladi, chiqindilar qayt qildiriladi, ich surdirish tadbirlari qilinadi. Badantarbiyani yengillashtirish lozim bo`ladi va yaxshi sifatli ovqatlar tavsiya qilinadi. Ba`zan bir kunda bemor 3 marta hammomda cho`miltirilishi kerak. Ovqatdan keyin hammomga tushish kerak. Har qanday qizdiruvchi sababdan saqlanmoq kerak. Qorin va jigar sohasida og’riq paydo bo`lsa rum arpabodiyoni va achchiq bodom ichishga buyuriladi, ular tiqilmalarni ochadi. Bu kishilar doimo badanlarini yog’ bilan silab yuradilar. Sovug’i oshgan mizojni tuzatish to`g’risida bu kishilarni ho`l va quruqligi o`rtacha bo`lgan issiq ovqatlar bilan, qizdiruvchi yog’lar bilan, hammomga tushirib terlatish bilan, badantarbiya bilan issiqlarini qo`zg’atishga qaratilgan muolajalar bilan isitish darkor. Kasallikka tez beriluvchan kishilarning tadbiri to`g’risida. Hammomdan avval badantarbiya va uqalashni ko`paytirish kerak, ovqatni oz-oz qilib bo`lib berish kerak, to`yg’azib ovqat bermaslik kerak. Agar bemor tanasi terlaydigan bo`lsa, goh- gohida terlatib turish kerak. Oriq kishini semirtirish to`g’risida. Ozishning sababi mizojning quruqligi, masoriqo tomirlarining qurishi, havoning quruqligidir. Hammomda teri qizarguncha uqalanadi, mo`tadil badantarbiyadan keyin bemor hammomga tushiriladi. Hammomda ko`p o`tirish ta`qiqlanadi, badan quruq sochiq bilan artiladi va badan terisiga ozgina yog’ surtiladi. So`ngra muvofiq keladigan ovqat berilib bemorning yoshi, sog’ligi to`g’ri kelsa sovuq suvda cho’miltriladi. Semiz kishini ozdirish to`g’risida. Bemorlarga hajmi ko`p lekin oziqligi kam bo`lgan ovqatlarni buyurish, doimo taomdan oldin hammomga tushish, tez harakatli badantarbiya qilish, xamirli va yog’li ovqatlarni kam iste`mol qilish kabi tavsiya buyurilishi lozim. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling