Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet13/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Sodda dorivor mahsulotlarni tanlash, yigish, quritish va saqlash shartlari:


Har bir xastalikni mahalliy davo bilan muolaja qilmoq lozimdir. Zeroki, har bir hududdan olingan davo mahsuloti shu joy xastaliklariga yaxshiroq va tezroq ta`sir

qiladi. Buqrotning bu fikrini tahlil qilmoqchi bo`lsak, bemor yashayotgan mintaqa va shu mintaqada o`sayotgan dorivor o`simlik va yashayotgan hayvon shu mintaqa ob - havo muhitining mahsuli bo`lib, ular mizoj jihatidan bir biriga munosibdir.



Dorivor mahsulotlarni, asosan ularni o`zlari tanlab o`sgan joylardan yigish yaxshiroqdir. Chunki tabiiy yoki boshqacha qilib aytganda, yovvoyi holda o`sgan dorivor mahsulotlar, madaniy yoki ekib o`stirib olinganlarga nisbatan shifobaxshligi to`la quvvatli, kuchlidir. Tabiiyki, dorivor o`simliklar tabiatning hamma mintaqalarida jumladan, toglarda, cho`l va sahrolarda uchraydi. Ularning bunday tarqalishi, shu o`simlik mizojini uning o`sishi, ulgayishi va voyaga yetishi uchun ayni muhitning mos kelishligi bilan bogliqdir. Shunday bo`lsada, ba`zi bir o`simliklarni hamma mintaqalarda uchratamiz. Shu bilan birga keyingi paytlarda ba`zi bir dorivor o`simliklarni iqlimga moslashish uslubi bilan bir jug’rofiy muhitdan ikkinchi bir jo`g’rofiy muhitga o`stirish, yovvoyi o`simliklarni madaniylashtirish ishlari ham amalga oshmoqdaki, bu sharq tabobati dori tayyorlash ishlariga ancha qiyinchilik tugdiradi. Chunki bunday jarayonni boshdan kechirgan o`simlik yoki hayvonda xohlaymizmi - xohlamaymizmi mizoj o`zgarishi bo`ladi. Buning sababi shuki, o`simlikning o`sish va rivojlanish jarayonida quyoshning osmon burjidagi o`rni, esayotgan shamol, yerning namligi va hokazolar shu o`simlik o`sishiga ta`sir qilib uning tana va hosil zichligini, ta`mini, hidini, rangini paydo bo`lishida bilvosita va bevosita ishtirok etadi.

Masalan, O`zbekistonda yetishtirilgan qovun - tarvuz urug’ini Rossiya yerlarida yetishtirilgan hosillar misolida yoki bo`lmasa, o`z vatani hisoblangan zaytun daraxtini O`rta yer dengizi sharoitidan Rossiyanng Krasnodar o`lkasida yetishtirish kabilardir.



Dorivor o`simliklarni toglardan, tog yon bagirlaridan, cho`l va sahrolardan, o`rmonlardan, shuningdek, ekiladigan maydonlardan yigamiz, ammo hamma dorivor o`simliklar hamma joyda uchramaydi. Har bir o`simlikning o`ziga taalluqli yashash sharoiti va muhiti bo`lishi lozim. Misol, kovar o`simligi tog yon bag’ridagi toshloq, cho`l va sahrodagi qattiq yerlarda hatto qadimiy Buxoro, Samarqand, Urganch, Shaxrisabz, Termiz kabi shaharlarimizning eski tosh va pishiq gishtdan qurilgan binoning tom va devorlarida o`ssa, bargizub (baqayaproq) o`simligi jilgalarning adirlariga qo`yiladigan doimiy nam joylarida, ariq bo`ylarida va ekiladigan, namligi ko`p joylarda o`sadi.

Bu misollardan maqsad shuki, har bir o`simlikning o`ziga xos o`sish joyi va sharoitlari bo`ladiki, bu joy va muhitda ular o`sib, rivojlanish, nasl qoldirishga qodir bo`ladi.

Ana shunday sharoitda o`sgan o`simlik soglom baquvvat bo`lsa, ularni tabobatda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Tog’, cho`l va sahrolardan olingan o`simliklar ekiladigan maydonlardan olinganiga nisbatan, hajmi kichik, moddasi zich, shifobaxshligi kuchli va shiddatli bo`lishi bilan birga, aksariyat holatlarda tog’, sahro va cho`llardan olingan dorivor mahsulotlar issiq mizojlilik xususiyati bilan kuchliroq bo`ladi.

Ekiladigan maydonlardan olingan dorivor mahsulotlarning issiqlik mizoji tog’, sahro va cho`ldan olinganlarga nisbatan kamroq bo`ladi, chunki ularning moddasi



govak, namligi ko`p, ta`mi, hidining o`tkirligi kamroq bo`ladi.

Ekiladigan joylardan yig’ilgan dorivor moddalarning ko`pchiligi birinchi ikkinchi darajada issiq, mo`tadil, yoki bo`lmasa sovuq, ho`l mizojlidir. Bemorlarga darmon va parhez buyurishda buni e`tiborga olish lozimdir.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling