Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Dorilar bilan davolashning 3 ta qonuniyati bor


Download 0.87 Mb.
bet10/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Dorilar bilan davolashning 3 ta qonuniyati bor:


Birinchisi, dorilarni mizojiga qarab, ya`ni issiqlik yoki sovuqlik, ho`llik yoki quruqligiga qarab tanlash qonuni.

Ikkinchisi, dori miqdorini aniqlash qonuni, ya`ni dorilarning ogirligini o`lchash va dorilarni ta`sir qilish vaqtini aniqlashga bo`linadi.

Uchinchisi, dorilarni qaysi vaqtda iste`mol qilish vaqtini aniqlash qonuni. Kasallikni davolash uchun unga zid bo`lgan dorilar bilan davolanadi. Dorining har jihatdan miqdorini bir butun qilib o`lchash uchun, a`zoninig tabiati, kasallikning darajasi, jins, yosh, yil fasli, yashash muhiti, kasb, quvvat va tashqi ko`rinishi asos qilib olinadi.


A`zo tabiatini o`rganish uchun 4 narsani bilish zarur:


  1. a`zo mizojini

  2. a`zoning tabiiy tuzilishi

  3. a`zoning vaziyatini

  4. a`zoning quvvatini

Kasal a`zoning tabiiy mizoji va kasallikdagi mizoji aniqlanganda uni tabiiy mizojiga qaytaradigan dori miqdori aniqlanadi. Masalan, a`zo tabiiy mizoji sovuq bo`lib, kasallikda uning mizoji issiq bo`lsa, bu vaqtda a`zo mizoji kuchli sovitiladi.

Ba`zan a`zolar o`rnashgan joyi ichida va sirtida bo`sh joylar bo`ladi va ulardan chiqindilar yengil va mo`tadil dorilar yordamida chiqib ketadi. Ba`zida esa, a`zolar o`rnashgan joyida bo`sh joy bo`lmaydi. U vaqtda kuchli dorilarga ehtiyoj tugiladi, ya`ni, a`zo siyrak va ba`zisi zich, tiqis joylashgan bo`ladi. Shuning uchun ham siyrak a`zo (o`pka) uchun yengil dorilar kifoya qiladi. Tiqis a`zolar (buyrak) uchun kuchli dorilarga muhtojlik paydo bo`ladi.

A`zoning vaziyatiga ko`ra: unga mos keladigan dorini o`sha a`zoga yetkazish va undan ortiqcha chiqindi mahsulotlarini chiqarish yo`lini tanlash mumkin. Masalan,- Gayritabiiy xilt jigar tepaligida bo`lsa, u siydik yo`llari a`zosiga hamkor bo`lganligi uchun siydik orqali haydaladi.

    • Gayritabiiy xilt jigar chuqurida bo`lsa, u ichaklarga hamkor bo`lganligi uchun surgi dorilar yordamida haydaladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling