Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
KASALLIKLARNING DAVRLARI HAQIDA
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
KASALLIKLARNING DAVRLARI HAQIDA.Ibn Sino fikricha kasalliklarning ko`pchiligida 4 davr bo`ladi: boshlanish davri, zo`rayish davri, nihoyatga yetish davri va pasayish davri. Bu davrlardan tashqari qo`shimcha sog’ayish davri ham mavjud. Boshlanish davri - kasallik paydo bo`lib, uning belgilarining yuzaga chiqmagan davri. Ikkinchi davr - kasallikning vaqt o`tishi bilan zo`rayishi. Uchinchi davr -kasallikning bir holatda bo`lib, to`xtagan davri. To`rtinchi davr - kasallik belgilarining kamaygani bilingan davrdir. Bemorlarda xastalik sababi aniqlangach, tabib albatta, tashxis qo`yishi lozim. Tashxislash sharq tabobatida quyidagi manbalar yordamida amalga oshiriladi. Ya`ni, tabiiy manbalar va zaruriy manbalar asosida. Asosiy yoki tabiiy manbalar bemorning shikoyati, bemorning o`zidan olinadigan dalillar va bemor ajratmalaridan olinadigan dalillar yuzasidan baholanadi. Masalan, bemorning shikoyatida asosan og’riq xarakteri, kelib chiqishi, xarakteri, shishlar, uning turlari, gavda harakatidagi o`zgarishlar, holsizlik sabablari, hazm buzilishi alomatlarining bor yo`qligi, isitmalar, ularning turlari, a`zolardan keladigan hidlar, siydik sifatini baholash, axlatdagi o`zgarishlar, teri butunligining buzilishi, rangidagi o`zgarishlar va gavda holati yoki vaziyatidagi noxush holatlar hisobga olinishi lozim. Yoki bemorning o`zidan olinadigan dalillarga kelsak, tabib bemorning es -hushi, ahvoli, teri va shilliq qavatlarning holati, ko`z , ko`z shilliq qavatining holati va tilning silliq yoki g’adir - budirligi, har bir a`zo faoliyatidagi o`zgarishlar , tana harorati, tirnoqlardagi o`zgarishlar, paypaslab ko`rish, hidlar, pulsdagi (nabz) o`zgarishlarga alohida e`tiborini qaratishi darkor. Shuningdek, bemor ajratmalaridan olinadigan dalillar ham muhim. Ular quyidagilar: axlat, siydik, tupuk, qusuq, maniy va ter kabi ajratmalardagi o`zgarishlar bemorlarni tekshirish tashxis qo`yishda katta ahamiyatga ega. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling