Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet6/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

MURAKKAB KASALLIKLAR.


Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik paydo bo`ladi. Misol qilib, shishni aytish mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish) kasalligi ham topiladi, chunki shakl va miqdorni buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga o`xshash narsa paydo bo`lib, uning suyakning) hajmi kattalashadi. Har qanday shishda ko`rinarli sabab yo`q, uning jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, bu nazla deb ataladi.

Ba`zan shish va toshmalarni tugdiradigan moddiy sabab kayfiyatlarida zarar bermaydigan boshqa xiltlar qolib ketadi.Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel. Shish issiq bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolgiz gayritabiiy qondan yoki gayritabiiy safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik paydo bo`lgan har bir moddadan hosil bo`ladi.

Shishlarning yolgiz qondan bo`lganlari flegmona deb, yolgiz safrodan bo`lgani otashak deb ataladi. Qon va safrodan bo`lganini ikkovining ismlaridan murakkab bir ism bilan atashdir, yana qaysi biri ustun bo`lsa, o`shaning ismini oldinga qo`yib aytish odatlari bor.

Masalan, ularning biri "flegmonali otashak" yoki "otashakli flegmona" deb ataladi. Yiring yiqqanda chiqiq (xuroj) deyiladi. Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda, bezlarda, qo`ltiq tagida, quloq orqalarida va gavdada bo`lgan yomon sifatlilar jinsiga kirsa, toun deb ataladi.

Issiq shishlarga kelsak, ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yigilib, hajm kattalashadi, so`ngra xilt miqdori ortadi va shuning bilan yanada hajm ortib, oxiriga yetib to`xtaydi, so`ng hajm pasaya boshlaydi, keyin pishib tarqaladi, yoki yiringlanadi. Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yigish yoki qattiqlanish bilan tugaydi.

Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki gayritabiiy savdo moddasidan, yoki gayritabiiy balgam moddasidan, yoki suvli moddadan, yohud yel moddasidan paydo bo`ladi. G’ayritabiiy savdo moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat:

1.Qattiqlik (sirroz) jinsi. 2.Saraton (rak) jinsi



3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi.

Bez jinslari bilan boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar kabi o`zlarini o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga tashqaridan yopishgan bo`ladilar. Boshqa jinsdagi shishlar esa o`zlari o`sgan a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib ketgan bo`ladilar.

Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki, qattiqlik harakatsiz va sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi. Saraton esa harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat yetkazuvchi shishdir.

Toshmalar - ba`zilari chechak kasalligi kabi gayritabiiy qon xiltidan, ba`zilari eshakemi kabi gayritabiiy safro xiltidan, ba`zilari qizamiq, uchuq, qo`tir, so`gal kabi gayritabiiy qon va safro xiltidan hosil bo`ladi. Ba`zilari qavarchiqqa o`xshash suvli bo`lib, ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling