Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar
- Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi.
- Tayanch iboralar
Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari:Sizga ma`lumki, dorivor o`simliklarni ildizi, tanasi va uning po`stlog’i, bargi, guli, mevasi, urug’i, o`simlik shirasi, yelimi, ildiz mevasi dorivor mahsulot sifatida olib saqlanadi va zarurat tug’ilganida ulardan dori-darmonlar tayyorlanadi. O`simlik mahsulotlarini umumiy yig’ish vaqti, chang, g’uborsiz, yomg’ir va qorsiz havoda bo`lishi kerak. O`simliklar ildizini yig’ish vaqti kech kuzda, ya`ni o`simlik barglari sarg’ayib, to`kila boshlaganida yoki erta bahorda, hali o`simliklar o`sish harakatiga kirmasdan oldin bajariladi, chunki bu davrda o`simliklarda modda almashinish jarayoni juda sekinlashgan bo`lib, ulardagi namlik shira va boshqa hayotiy zarur moddalar ildizda to`plangan bo`ladi. O`simlik ildizini olayotganda quyidagilarga e`tibor berish lozim: qurigan, chirigan, chirish arafasida bo`lgan va juda egri-bugri tomirlar olinmaydi. Olinayotgan ildiz ko`rinishi jihatidan hamma kamchiliklardan xoli, sog’lom bo`lishi shart. Undan tashqari ildiz yoshi hisobga olinadi, chunonchi shirinmiyaning 4-6 yoshli ildizi olinadi. 4 yoshdan yoshi va 6 yoshdan kattasi tabobatda yaroqsiz, yoki bo`lmasa mehrigiyo ildizining moddasi tabobatga yaroqlidir, erkagiga nisbatan tabobatda yaxshiroqdir va hokazo. Olingan ildizlar yaxshilab yuviladi, har xil aralashmalardan tozalab, saralab olinadi, so`ngra poldan yuqori shamol tegadigan soya joyda yoki maxsus ayvonlarda quritiladi. Ildizlar namligi me`yorida, ya`ni egilib juda qiyinchilik bilan sinish darajasiga yetgach, yig’ib olinib, 20-25 sm uzunlikda qirqib kandir yoki qog’oz xaltalarda solib namdan yuqori joyda saqlanadi. Izoh: har bir o`simlikdan olinadigan mahsulotning tartibi, ularni tozalash, saralash, quritish, qay yo`sinda asrash va muddatlari, shu o`simlik uchun "Tib qonunlari" kitobida mukammal bayon etiladi. Dorivor o`simlikning barg, shox va tanasi yuqoridagi umumiy tartibda toza havoda, iloji boricha ertalabki yig’ib olib quritiladi va saqlanadi. Bunda barglar sog’lom va hali sarg’ayib so`lmagan bo`lishi kerak.O`simlikning yelimi esa, ertalabki toza havoda o`simlik guli to`kilish davrida yig’ilib olinadi. Uning namligi o`rtacha bo`lib, uvalanish darajasiga etmagan bo`lishi kerak. Yelimlar asosan og’zi yopiq shisha va sopol idishlarda saqlanadi. Mabodo, o`simlik shirasi olinmoqchi bo`lganda, o`sha o`simlik tanasi toza havoda quyosh botishidan 1 - 1,5 soat oldin, uning mevasi yetilib kelish davrida pichoq yoki uchi o`tkir metall bilan tilinadi va undan sizib chiqqan shira ertalabki quyosh chiqishidan oldin, quyosh chiqish arafasida pichoq uchi bilan yig’ib olinadi va og’zi yopiq shishadan qilingan idishda saqlanadi. Yoki bo`lmasa terak, tok kabi o`simliklarni tanasi bahor faslining boshlanishida chopiladi, chopilgan joydan ularning suvi sizilib chiqib, toma boshlaydi, uning tagiga shisha idish qo`yib, yig’ib olinadi va saqlanadi. Dorivor o`simliklarning po`stlog’i asosan, o`simlik mevasi pishgandan so`ng, yoki kuzda yig’ib olinib, quritish zarurati bo`lsa, soyada quritilib qog’oz xaltalarda saqlanadi. Dorivor sifatida ishlatiladigan o`simliklarning guli, g’unchasi to`la ochilgan o`simliklardan ertalabki quyosh chiqmasdan oldin terib olinib, soyada quritiladi va qog’oz xaltada saqlanadi. Mevalar to`liq yetilib pishgandan keyin, so`lmasdan oldin yirik, serob, nuqsonsiz, hidi o`tkir, ta`mida ham kamchiliksiz, terib olib, zarur bo`lsa quritib saqlanadi. Urug’liklar, to`liq yetilib pishib, o`simlik so`la boshlaganda teriladi. Bunda ularning yaroqsiz, nimjon, chala yetilgan, qurtlaganlari yoki kasallanganlari olinmaydi. Urug’liklar, asosan qog’oz xaltalariga solib saqlanadi. Tabiblar o`simliklarning barg, ildiz, meva, shuningdek, o`simlikning yerni ustki va ostki qismini yaxshi sifatli sog’lom a`zolaridan sodda dori sifatida usora, rubb, yog’lar tayyorlab, ularni asrab qo`yganlar va kerakli vaqtda ishlatganlar. O`simlik a`zolaridan usora, rubb, yog’larni olishdan maqsad, ularning mevasi, guli, barglari o`zida shirasini uzoq vaqt saqlay bilmasligi yoki aynib chirishi yoki bo`lmasa qurtlashligidir. Sharq xalqlarining tabobat xazinasidan foydalanib, rubb, usora va yog’lar tayyorlab bu dorivor mahsulotlarni yil 12 oy ishlata olish mumkin. Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar 1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари: 1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
1.1 Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari... 1.2. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari 1.3. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi. . Tayanch iboralar: Pharmacon,mizoj Shifobaxsh o`simliklar ko`p asrlar mobaynida sinovlardan o`tib kelayotgan omil hisoblanadi. Organizmga fiziologik ta`sir ko’rsatib, o`simliklar va odam organizmi hujayralarining tuzilishi bir-biriga juda yaqin bo`ladi. Sintez yo`li bilan olingan ximiyaviy moddalar esa organizm uchun yot modda hisoblanadi. Shifobaxsh o`simliklarning davolash doirasi juda ham keng bo`lib, ular ximyaviy jihatdan juda boy, tarkibida glikozidlar, alkoloidlar, fermentlar, vitaminlar, bioelementlar juda ham ko`p bo`lib, surunkali kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega. Ko`pchilik bemorlar, ayniqsa qariyalar bir necha xil kasallik bilan og’rigani uchun bitta o`simlikning bir necha xil xususiyatlari bo`ladi, shuning uchun bunday bemorlarni davolashda qo’l keladi. O`simliklar bilan davolash kasalliklarni oldini olishga qo’l keladi. Masalan: bolalarga na`matakli choylar berish, kattalarga jen'shen' kabi adaptogenlar qo`llanilganda respirator kasalliklar 2-3 barobar kamayganligi aniqlangan. Dorivor o`simliklar davolash ta`siri, xususiyati bo`yicha 3-4 xil ta`sirga ega bo`lishi mumkin. Shuning uchun ular asosiy ta`siri bo`yicha bir necha guruhga bo`lingan. Masalan, markaziy nerv sistemasiga ta`sir etuvchi dorivor o`simliklar (jenshen, dorivor valeriana, arslonquyruq, bangidevona, mingdevona, belladona, yalpiz, galantus, kuchala va boshqalar), yurak qon-tomir sistemasiga ta`sir etuvchi dorivor o`simliklar (bahorgi adonis, marvaridgul, chitrang’i, za`faron, angishvonagul, do`lana va boshqalar), me`da-ichak faoliyatiga ta`sir etuvchi dorivor o`simliklar (rovoch, makkajo`xori popugi, arpabodiyon, sano barglari, zira, otquloq, achchiq ermon, tog’jumro’t, bo`znoch, chakanda, ukrop, otquloq va boshqalar) guruhi bor. Ibn Sino ta`limotida dorilar bilan davolashning 3 ta qonuni mavjud: 1.Dorilarni kayfiyatiga qarab, ya`ni uning mizojiga qarab tanlash 2.Dorilarning og’irligini o`lchash qonuni 3.Dorilarni iste`mol qilish vaqtini aniqlash qonuni Dorilarni a`zolarga yetkazishda quyidagilarga e`tibor berish lozim: a`zoning dori ishlatiladigan joydan uzoq - yaqinligiga dorilarni a`zoga yetkazish uchun unga nima qo`shish kerakligi dorini kasal a`zoga qaysi tomondan kiritilishiga e`tibor berilgan A`zoning quvvatiga yarasha dori berishda esa 3 narsaga e`tibor berish kerak: a`zoning boshqaruvchi va boshlang’ich ekanligiga a`zolarning hamkorligiga sezgining o`tkir va o`tmasligiga Dorilarni tavsiya etishda ularning quvvatini aniqlash kerak va u 2 yo`l bilan aniqlanadi: 1) solishtirma yo`l 2) tajriba yo`li Dorilarni quvvatini tajriba yo`li bilan aniqlaganda quyidagi shartlarga rioya qilinadi: -tajriba qilinadigan dorini mizojini aniqlash -tajriba qilinuvchi bemorning bitta kasalligi bo`lishi kerak dori bir-biriga qarshi xususiyatli ikkita kasallik ustida tajriba qilinib, ko`rilishi kerak dori kuchi jihatidan o`ziga teng kasallikka qarshi ishlatilgan bo`lishi kerak dorining ta`siri yuzaga chiqadigan vaqtni e`tiborga olish kerak dori ta`sirining doimiy yoki ko`p hollarda uzluksiz bo`lib turishini nazarda tutish kerak, shunday bo`lmaganda uning ta`siri qo`shimcha bo`lib qoladi -tajriba odam gavdasida bajarilishi kerak. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling