Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
IBN SINO TA`LIMOTIDA SOG’LIKNI SAQLASH TADBIRLARIAbu Ali Ibn Sino tadbiriga ko`ra sog’likni saqlash san`ati, odam gavdasini unga munosib va yoqadigan narsalarni saqlash orqali o`sha tabiiy ajal deb ataladigan yoshga yetkazishdan iboratdir. Ibn Sino inson sog’ligini saqlashda asosiy narsa, umumiy va zaruriy sabablarni mo`tadil qilishni asos qilib, bunda yeyiladigan va ichiladigan narsalarni mo`tadil qilishga ko`proq e`tibor berish kerakligini ta`kidlaydi. Abu Ali ibn Sino o`zining tabiblik faoliyatida kishilarning salomatligini saqlash va kasallikning oldini olishdan iborat vazifani birinchi o`ringa qo`yib, bu vazifaning yechimini topish uchun ko`plab o`ta muhim tadbirlar ishlab chiqqan va amalga oshirish yo`llarini bayon etgan. Ibn Sino sog’likni saqlash ishini san`at deb biladi. Sog’likni saqlash tadbirlarining asosiy maqsadi har xil foydali tadbirlarni qo`llab sog’lom, uzoq umr ko`rishni ta`minlashdir. Ibn Sinoning ko`rsatishicha salomatlikni saqlash uchun birinchi galda quyidagi sog’lom turmush tadbirlarini amalga oshirish kerak.1.Kishi mizojini mo`tadil holatga keltirish 2.Ovqatlanish tadbiri 3.Odam organizmini chiqindilardan tozalash 4.Tarbiya haqidagi tadbirlar Badantarbiya tadbiri Yilning turli fasllaridagi tadbirlar va havoni sog’lomlashtirish to`g’risida 7.Mo`tadil uyqu va uyg’oqlik ham kiradi. Ibn Sino bu tadbirlarni yangi tug’ilgan chaqaloqdan boshlab to qarilikkacha bo`lgan barcha davrda qaysi usul va yo`llar bilan amalga oshirilishini batafsil bayon etgan. Ibn Sino sog’likni saqlash tadbirlaridan birinchi o`rinda badan tarbiya va yaxshi jismoniy harakatlarni, ikkinchi va uchinchi o`ringa ovqatlanish tadbiri va uyquni qo`ygan. Ibn Sino badantarbiyani ahamiyati haqida so`zlab, mo`tadil ravishda va o`z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo`lmasligini ta`kidlaydi. Ibn Sinoning aytishicha: keksalar sog’lom, bardam bo`lishlari uchun birinchi galda ovqatlanish rejimiga rioya qilishlari kerak, oz-oz miqdorda yaxshi hazm bo`ladigan ovqatlar iste`mol qilishlari lozim. Mevalarning sharbatidan ko`proq dori sifatida iste`mol qilish tavsiya etiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling