Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet5/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

MIQDOR KASALLIKLARI.


Ikki sinfi mavjud - ular miqdori o`sishdan bo`ladi, masalan, fil kasalligi va olatning o’ta kattaligi kabi - bu priapizm kasalligi deb ataladi, yoki ular Nikomax deb atalgan odamda paydo bo`lgan kasallikka o`xshaydi, uning hamma a`zolari shuqadar katta bo`lib ketib , harakatlanishdan ojiz bo`ladi yoki kichiklanish jinsidan bo`ladi, tilning burishishi, ko`z qorachigining kichiklashishi, yo butun gavdaning so`lishi kabi.

Son -adad kasalliklariga kelsak, ular tabiiy bo`ladi. Ortiqcha barmoq va notekis o`sgan ortiqcha narsa yoki tosh kabi, (son kasalligi) u yo tug’ma bo`ladi,

barmoqsiz tug’ilgan odam kabi, yo bu kamchilik tabiiy bo`lmaydi, barmog’i kesilgan odam kabi.


Vaziyat kasalliklari


Vaziyat kasalliklariga kelsak, bu Jolinusning fikricha "o`rin" ham "mushorakat" degan ma`noga to`g’ri keladi,ular 4 xil bo`ladi:

A`zoning bo`ginidan qo`zgalishi, ichakka mansub churra kasalligidagi kabi. Yoki a`zoning harakati gayritabiiy va noto`g’ri bo`lishi, qaltirashdagi kabi, yoki o`rniga yopishib, undan ko`chmasligi, bu miqdor kasalligidagi bog'imlarning toshday qattiqlanishi kabi.

Mushorakat (Hamkorlik) kasalliklari har bir a`zoning qo`shnisiga nisbatan bo`ladigan har bir holatini g’ayritabiiy ravishda bir biridan uzoqlashtirishi yoki yaqinlashtirishi holatlari. Ular ikki sinfli bo`ladilar.



Birinchisi, a`zoning qo`shni a`zo tomoniga harakatlanishi ilgari mumkin bo`lgan bo`lsa ham keyin mumkin bo`lmay qoladi, yoki qiyinlashadi, masalan: barmoqlarning go`shti barmoqlarga tomon harakat qilib yopishishi mumkin bo`lmay qoladi, yoki avvalda mumkin bo`lgani holda keyin bir - biridan ajralib uzoqlashish imkoniyati bo`lmay qoladi.

Ikkinchisi, a`zo o`z qo`shnisidan (uzoqlashishi mumkin bo`lsa ham u) uzoqlasha olmaydi, yoki uzoqlashishi qiyinlashadi, masalan, falaj kasalligida ko`z qovog’ining va bo`g’imlarning bo`shashishi yoki kaftni yozish va qovoqni ochishning qiyinlashishi kabi.


UZLUKSIZLIKNING BUZILISH KASALLIKLARI HAQIDA.


U ba`zan terida bo`lib, tirnalish va yulinish deb ataladi. Bu ba`zan go`shtda bo`ladi va yiringlamagan yangi xili jarohat deb ataladi, yiringlagan xili yara deyiladi. Yiringning paydo bo`lishi - jarohatlangan a`zoning zaifligi va oziq iste`molidan, hazmdan ojizligi jihatidan zararli chiqindilarning haydalishidan yuzaga keladi. Shu bilan birga hazm bo`lmagan moddalarning o`zi ham chiqindiga aylanadi.

Uzluksizlikning buzilishi suyakda ham bo`ladi - suyak sinib ikki yoki ko`p bo`laklarga ajralgan bo`ladi yoki titilib mayda bo`laklarga ajralgan bo`ladi.



Bundan tashqari uzluksizlikning buzilishi togaylarda yoki asablarda bo`lishi mumkin. Agar bu buzilishi eniga tushgan bo`lsa, kesilish deyiladi, uzunasiga tushgan bo`lib, chuqur bo`lmasa, yoriq deyiladi, chuqur bo`lsa teshik deyiladi.

Agar uzluksizlikning buzilishi arteriya va vena tomirlarida paydo bo`lsa, u yorilish deyiladi. Agar ular tomirlarning ko`ndalangiga to`g’ri kelsa, uzilish yoki ajralish deyiladi. Uzunasiga kelgan bo`lsa, darz deyiladi, ularning ogizlari ochilgan bo`lsa, yorilish deb ataladi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling