Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet21/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Ibn Sino ta`limotiga asosan yurak kasalliklarining klassifikatsiyasi:


    1. Yurakning sodda kasalliklari:

  1. yurakning mizoj buzilish kasalliklari

    1. Yurakning moddasiz mizoj buzilish kasalliklari (NSD, kardionevroz)

    2. Yurakning moddali mizoj buzilish kasalliklari (gipertoniya, gipotoniya)

  2. Tarkib kasalliklari:

    1. yurakning hajm buzilish kasalliklari

-yurakning kattalashishi bilan kechadigan kasalliklar (dilyatatsion kardiomiopatiyalar, yurak qorinchalarining gipertrofiyasi bilan kechadigan kasalliklar, yurak anevrizmalari).

-yurakning kichiklashishi bilan kechadigan kasalliklar (tizimli kasalliklardagi chandiqli o’zgarishlar).



    1. Yurakning tuzilish kasalliklari:

    • oqim yo`llari kasalliklari (yurak - qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi, ateroskleroz kasalligi)

V) yurakning son- dad yoki miqdor kasalliklari

-yurakning turli xildagi tugma nuqsonlari

  1. Yurak uzluksizligining buzilish kasalliklari

-infarktdan keyingi kardioskleroz

-yurak tamponadalari

-yurak travmalari


    1. Yurakning murakkab kasalliklari:

-yurak yetishmovchiligi, yurak astmasi, o`pka shishi

-perikarditlar

-infeksion endokardit va miokardit

-orttirilgan yurak nuqsonlari



-to`satdan koronar o`lim

-stenokardiya

-miokard infarkti

-yurak aritmiyalari

Yurak ahvolini bildiruvchi dalillar 1.Tomir urishi- Puls (nabz) 2.Nafas olish harakati 3.Ko`krak qafasining tuzilishi 4.Ko`krakdagi mo`ylar

5.Terini ushlab ko`rgandagi holati, badanning holati 6.Inson xulqi



  1. Turli xayollar

  2. Badanning kuchli yoki kuchsizligi

Tomir urishi

    • Puls tez va ketma-ket bo`lsa - yurak mizoji issiqligini, uning aksi esa yurak mizoji sovuqligini bildiradi.

    • Puls yumshoq bo`lsa - yurak rutubatli bo`ladi

    • Puls qattiq bo`lsa - yurak quruq bo`ladi

    • Puls kuchli, tekis, tartibli bo`lsa - yurak soglom bo`ladi

    • Puls kuchsiz, notekis bo`lsa - yurak nosoglom bo`ladi.

Nafas olish issiq bo`lsa, yurak mizoji issiq, sovuq bo`lsa mizoji sovuq bo`ladi. Ko`krak qafasi keng, bosh kichik yoki o`rtacha bo`lsa puls kuchli bo`lsa,

yurakning mizoji issiq bo`ladi. Ko`krak qafasi keng bo`lib, bosh kichik bo`lmasdan, puls kuchsiz bo`lsa, yurakning mizoji sovuq bo`ladi. Ko`krak qafasida moylar asosan jingalak bo`lsa, yurak mizoji issiq, mo`ysiz yoki kam bo`lsa, yurakning mizoji sovuq bo`ladi.

Butun badan issiq bo`lsa, yurak mizoji issiq, sovuq bo`lsa yurak mizoji sovuq bo`ladi.

Badan qattiq bo`lsa, yurak mizoji quruq, yumshoq bo`lsa yurak mizoji rutubatli bo`ladi.



-tabiiy gazablanish, botirlik, jasurlik va yengil harakat qilish yurak mizojini issiqligini bildiradi

    • uning aksi yurak mizoji sovuqligini bildiradi.

    • badan kuchli bo`lsa yurak kuchli, soglomligini (tabiiy mizoj mo`tadilligini) bildiradi.

    • badan kuchsiz bo`lsa yurak kuchsiz va nosoglomligini (mizoj buzilganini) bildiradi.

Turli xayollar: shodlik, yaxshi umidga moyillik, yurak mizojini issiq va rutubatliligini; qo`rqish, gamginlikka moyillik yurak mizojining sovuq va quruqligini bildiradi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling