Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet20/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Yurakka ta`sir ko’rsatadigan sabablar


Yurakka ta`sir ko’rsatuvchi sabablarning ba`zilari yurakka xos, ba`zilari esa turli mizojlarni, turli shishlarni paydo qiluvchi, uzluksizlikni buzuvchi va shularga o`xshash yurakka va boshqa a`zolarga umumiy bo`lgan sabablardir.

Ammo yana nafas olish jihatidan va turli hissiy kechinmalar jihatidan paydo bo`ladigan va faqat yurakka xos boshqa sabablar ham bor.



Nafas olishda nafas siqilsa yo juda issiq, yoki juda sovuq nafas olinsa, undan albatta yurakka zarar yetadi. Tug’ma issiqlikni ichga bogib qamashda yoki uni sirtga tarqatishda haddan tashqari ta`sir ko’rsatadigan har bir sabab hushdan ketkazishgacha, hatto halok qilishgacha olib boradi.

Shunday hissiy kechinmalardan biri bo`lgan gazablanishning ta`siri hammasinikidan kamroq bo`ladi, chunki gazablanishning halok qilishgacha olib borishi kam uchraydi.

Uyqusizlik va haddan tashqari ko`p badantarbiya va shularga o`xshashlar ruhni tarqatishi sababli yurakni kuchsiz qiladi.


Yurakni davolashning umumiy qoidalari


Ammo bu yerda faqat tib kitoblarida aytilishi kerak bo`lgan qoidalarga amal qilib o’tamiz: yurak boshqaruvchi a`zo va hamma boshqaruvchi a`zolarning eng birinchisi va eng muhimi bo`lgani uchun uni dorilar bilan davolashdagi dadillik, yurak xiltini boshatmoqchi bo`lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo`lsak ham ehtiyotlik bilan ish olib borish kerak.

Tomirlardan qon olib boshatishga kelsak, biz u bilan davolashga kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qoshib qilishga ehtiyoj sezmaymiz, balki bizga ko`proq lozim bo`ladigan narsa unday boshatishni haddan tashqari qo’llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko’taruvchi narsalar bilan kuchaytirish lozimdir.

Bu faqatgina qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qattiqroq ehtiyot qilinsa ham, boshqa hamma boshatish tadbirlariga ham tegishlidir.

Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga ehtiyoj qolmasligining sababi qon



olishning yurakka borib toshadigan dori bilan bolmasligidadir; shu bilan birga yurakda bo`ladigan toliqishlarning ko`pi qon va bugdan bo`lib, tomirdan qon olish har ikkalasining ham zararini qaytaradi.

Agar to’liqlik qondan bo`lsa, o’ng bosliqdan, bug’dan bo`lsa, so’l boslikdan qon olinadi.



Dorilar bilan bo`ladigan boshatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirga boshqa tadbirlarni ham qoshish kerak, chunki boshatuvchi dorilarning ko`pi badanga qarama-qarshi bo`lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak, yurak dorilari esa o’z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir.

Yurak xiltini boshatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo`lgan taryoqlik va bodzahrlik dorilar aralashtiriladi. O’sha dorilarning ko`pi, hatto juda ko`pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular boshatuvchi dorilarni yurakka o’tkazadi va yurakdan boshqaga o’tishdan qaytaradi.

Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo hol, yoki quruq mizojga almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, issiqlik dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu dorilarning yurak xiltini qattiq qozgatib yubormasligi kozda tutiladi, aks holda xilt yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan tortishtiradi.

Issiq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, sovutuvchi dorilarni ishlatish bilan chegaralanmaymiz. Chunki yurakning yaratilishiga sabab bo`lgan modda, ya`ni yurakka quyiladigan ruh moddasi issiq modda bo`lib, uning issiqligi badanga zararli haroratdan boshqa bo`lgan tugma haroratdir.

Yurak mizojining issiqda aynib buzilishi sababli shu ruh moddasida kamayish, tarqalish, tutunsimon bo`lish va xiralanish paydo bo`ladi; shu paytda yurak tanasiga ozining issiqligi bilan, tog’rirog’i issiqlik birgalashib keluvchi alohida xususiyati bilan tug’ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror sondiruvchi dori borib tushaversa, u tarmoq, ya`ni yurak tanasiga foyda qilsa ham aslga, ya`ni ruhga zarar qilishi mumkin.

Yurak tanasining issigini mo`tadillashtirish bilan birga ruhning issiqligi zararlansa, uning foydasi nima bolar edik shuning uchun qadimgi olimlarning ichida yurakning buzilgan issiq mizojiga va u mizoj sababli paydo bo`ladigan kasalliklarga davo ishlatishda sovuqlik dorilarni issiqlik dorilarga aralashtirmasdan ishlatganlari uchramaydi.

Chunki ular, faqat kuchli bo`lsa, sovituvchini isituvchidan ajratib sovituvchi dorilarni yurakka, isituvchilarni esa ruhga yetkazishiga va natijada, yurakning harorati mo`tadil bo`lib ruhning harorati oshishiga ishonganlar.

Ular govzabon kabi o’z xossasi bilan ruhni kuchaytiradigan va mo`tadil yoki mo`tadillikka yaqin dorini uchratganlarida undan ko`p foydalanganlar; ammo tabiat kuchsiz bo`lsa, hech bir tadbir foyda qilmaydi.



Goho qadimgi tabiblar sovuqlik yurak dorilari moddasining ogirligi, singishining kamligi, tabiatning singishga emas, toxtab qolishga moyilligini bilganliklaridan yurak issiqlik dorilarini ishlatishga muhtoj bo`lganlar, ularni birgalashtirib olib o’tadigan yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatganlar, shunda ular tabiatning sovituvchi dorilarni yurakka yetkazishiga yordamlashadi.

Masalan, ular za’faronni kofur kulchalarining hamma tarkiblariga aralashtiradilar, shunda boshqa qoshimchalarni za’faron yurakka o’tkazadi.

So`ngra tabiiy kuch za’faronni yurakdan qaytarib, ruh bilan mashgul qiladi; sovutuvchilardan esa yurak mizojini mo`tadil qilish uchun foydalaniladi.

Bunday qilish nuqul sovutuvchi dorilarni ishlatib, keyin ularning yo`l boshida toxtab qolib o’ta olmay turishlaridan ko’ra foydaliroqdir. O’zi bilmasdan, qadimgilarning xatosini tuzataman deb, kofur kulchalariga za’faronni qoshmaydigan tabiblar kofur kulchalarining foydasini kamaytirib qoyadilar.

Yurak issiq mizojiga qarshi ho’l mevalarning qaynatib quyultirilgan shiralarini, ayniqsa shom olmasining va behining suvini ichirish bilan ham davo qiladi; ular juda yaxshi davo hamda yurakni kuchaytiruvchilarga qoshiladigan sondiruvchi suyuq va quyuq surtma dorilar bilan davo qilinadi. Agar mizoj buzilishining sababi modda bo`lsa, boshatiladi.

Ma`jun dorilar bilan, rayhoniy sharob, mo`tadil badantarbiyalar, yurakka ishlatiladigan issiqlik, xushbo’y quyuq va suyuq surtma dorilar bilan va hazm bo`ladigan miqdordagi issiqlik ovqatlar bilan davolanadi. Mizoj buzilishining sababi modda bo`lsa, boshatiladi.

Yurakning buzilgan quruq. Mizojini hollovchi ovqatni ko`p yedirish, so`ngra hammomga tushirish, vanna qabul qildirish, dam olish kam harakat qilish, tinch kuyish va sovuq suv ichirish bilan davolash kerak.

Buzilgan mizojda sovuqlik bo`lsa, juda sovuq, bo`lgan suvdan saqlaniladi; ovqat va ichimliklar mo`tadil miqdorda beriladi, issiq ovqatdan keyin ko`pgina uxlatiladi. Sabab modda bo`lsa, uni boshatiladi.

Yurakning buzilgan ho’l mizojini esa yengil ovqat kirituvchi dorilarni ishlatish, mo`tadil badantarbiyalarni ketma-ket va ko`p qilish bilan davolanadi; modda sabab bo`lsa, uni boshatiladi; ko`pincha ovqatdan ilgari badantarbiya qildiriladi, hammomga va issiq buloq suvlariga tushiriladi, issiq suvga ko`p tushib turiladi, surgi dorilar, siydikni haydovchi dorilar iste`mol qilinadi, kuchli va rayhoniy xushbo’y sharobdan oz-oz iste`mol qilib turiladi va yaxshi kaymusli ovqatlardan ko`p emas, oz miqdorda iste`mol qildiriladi.

Agar u mizoji issiq bo`lsa, hammomdan saqlaniladi, jinsiy aloqani cheklanilmaydi. Mizoj buzilishining sababi ho’l yoki issiq. Modda bo`lsa, uni boshatiladi.

Yurakka ishlatiladigan dorilar. Yurakka ishlatiladigan dorilarni to`la-to`kis qilib oddiy dorilar lavhalarining "Nafas a`zolari" lavhasidan terib olish kerak.



Oddiy dorilarning mo`tadillikka yaqinlari yoqo’t, qora marjon va feruza, oltin, kumush va gavzabondir. Ularning issiqlari esa dorunak, parpi, mushk, anbar, yovvoyi zanjabil, ipak va za`farondir; ikkala xil baxman tez foyda qiladi, karanful esa juda ajoyib dori.

Bunday dorilardan yana limon, rayhon va uning urug’i hamda tog’ rayhoni va uning urugi, shohi isfaram rayhoni va uning urugi, xil, kelindona, tuklik rayhon va uning urugi, sitron yaprogi, hind sodajini kursatish mumkin. Qora andiz ham ajoyib dorilardandir.

Sovuq dorilar esa marvarid, qahrabo, marjon, kofur, sandal, qizilgul, taboshir, muhr loyi, olma, quruq va ho’l kashnichdir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling