Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Me`daning buzilgan sovuq ho’l mizojini davolashBu mizoj moddali bo`lsa, qonun va qoidalarda aytilganiga muvofiq bo`shatilsin. Agar modda ko`p bo`lmasa, bu haqida tajriba egalarining mashhur yo`llari bor. Modda bo`lmaganda ovqatlantirishdagi yo`l mana shunday kasalni burishtirishi va achchiqligi bor narsalar bilan ovqatlantiriladi, shunda ular burishtirish xususiyati bilan quritadi va achchiqligi bilan qizitadi. Taxir sharob ham shular jumlasidandir. Ichiladigan dorilardan erman qo`shilgan dorilar, erman sharobi, ermanning o`zi va behi bilan tayyorlanadigan dorilar beriladi. Qo`yib bog’lanadigan, surtiladigan va ishqalanadigan dorilarga kelsak, qo`yib bog’lanadiganlarni amom, xushbo’y qamish, sunbul, sodaj, ladan, mukl, gulsafsar ildizi, bal'zam, uning yog’i va urug’i va may`a yelimidan tayyorlab ishlatiladi. Surtiladigan dorilar mastaki yog’i, zaytun yog’i, rum sunbuli yog’i va behi yog’idan tayyorlanadigan mumli yog’lar bo`ladi. Agar bular yetarli ta`sir qilmasa, tarqatuvchi quyuq surtmalarni va tog’ gazago`tining yelimidan tayyorlanadigan dorini ishlatadilar. Kuchli quyuq surtmalardan biri mana bu za`faron shom sunbuli, mastaki va balzam yog’ining har biridan bir bo`lak asaldan uch bo`lak, murrdan uch bo`lak, saqichdan bir yarim bo`lak, farfiyundan bir bo`lakni olib shu tarkibdan quyuq surtma dori qilinib ishlatiladi bundan ozgina ichilishi ham mumkin. Yana boshqa quyuq surtma to’rt bo`lak ma’ya yelimi, uch bo`lak mum, ikki bo`lak kiyik iligi, bir bo`lak saqich, bir yarim bo`lak balzam yog’i va ikki bo`lak Rum sunbulining yog’idan tayyorlanadi. Me`daning alangalanishiga qatiq, ayniqsa kashnich bilan sirkani ichirish, shuningdek sigir qatig’ining suzmasini berish foyda qiladi. Bodring mag’zi, ayniqsa yangi baliq me`da alangasini to’xtatadi. Sovuq suv, sovuqlik ho’l mevalar, sachratqi, tarrak, juda ham suvli bo’lmagan shaftoli,- agar u sersuv bo`lsa, safroga aylanadi,- koxu, gurunch, yasmiq, sirka bilan ho’l kashnich, qovoq va shularga o`xshashlar beriladi, agar zarur bo`lsa, ularga kofur, sandal va gul aralashtiriladi. Taboshir kulchalarini ham, ayniqsa ichdan o’t o’tayotgan bo`lsa, ichiriladi. Ovqat hazm qilishning 3-bosqichi jigarda kechib, zaruriy manbalarning asosiy tarkibi sanalgan iste`mol mahsulotlari hosil bo`ladi. Mana shu mahsulotlar organizm ichki muhitini tashkil qiluvchi xiltlarni hosil bo`lishida ishtirok etadi. Ma`lumki, jigar odam organizmida ancha mas`uliyatli vazifani bajaradi. Jumladan, yuqorida ta`kidlaganimizdek, xiltlarning hosil bo`lish jarayonida jigar 4 tabiiy quvvati bilan o’z faoliyatini amalga oshiradi, ya`ni: -hazm qiluvchi. Tortuvchi. ushlab turuvchi.-haydovchi quvvatlar Jigarning mavjud bo`lgan tabiiy 4 quvvatining biri yoki 2 - 3tasi jigar kuchsizligida susayadi. Jigar kuchsizligini mizoj tabobati uslubida tashxislashdan oldin biz, jigarning tabiiy mizoj belgilarini bilishimiz darkor. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling