Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1652471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Дори воситаларининг ўзаро таъсири (3)

ko’rsatiladigan yordam. 
Adabiyotlardan ma`lumki, dunyo axolisini 52 % ayollar, 32 % esa 15 yoshgacha 
bo’lgan bolalar va 6 % - 65 yoshdan oshgan qariyalar tashkil etadi. Demak, dunyo 
axolisini 1/3 qismini o’ziga o’ta extiyotlikni talab qiluvchi insonlar kategoriyasi 
(bolalar va qariyalar) dir. Mana shu kategoriyaga kiruvchi insonlar esa dunyo 
bo’yicha eng ko’p dorilar qabul qiluvchi bemorlar bo’lib, ana shu kontingent insonlar 
o’rtasida o’tkir zaxarlanish xollari xammadan ko’p qayd etiladi. 
Dorilarni qabul qilishdan yuzaga chiqayotgan nojo’ya ta`sirlar va o’tkir 
zaxarlanishlar shifoxonalarga yotqizilayotgan bemorlarni 10%-30% tashkil etadi. 
Bularga sarflanayotgan xarajatlar shu shifoxonalarni umumiy xarajatini 15-20 % 
tashkil etadi. Masalan: AQSHda 2000 yilda shu bemorlarga sarflangan xarajat 177,5 
milliard dollarni tashkil etdi.
Dorilarni noto’g`ri berishdan AQSHda o’layotganlarning miqdori transport 
falokatidan o’layotganlarga qaraganda 3 barobar ko’pdir. 
Rossiya toksikologik markazini bergan ma`lumotiga qaraganda eng ko’p 
tarqalgan zaxarlanishni (60 % gacha) psixotrop va gipotenziv preparatlar bilan 
zaxarlanishi tashkil etadi. 
YA.M. Lutskiyni bergan ma`lumotiga qaraganda Moskvadagi yosh bolalar 
o’rtasidagi zaxarlanish bilan shug`ullanuvchi markaz bolalar o’rtasidagi zaxarlanishni 
81 %-ni dorilar bilan zaxarlanishlar tashkil etishini ko’rsatadi.
SHu bilan birga yildan-yilga xo’jalik mollarini va dorivor moddalarini ko’payib 
borayotganini esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu modda va dorilar xar doim xam 
bolalardan uzoq yoki ular qo’li etmaydigan joylarda saqlanmaydi. SHuning uchun 
xam dorilar bilan zaxarlanish yosh bolalar o’rtasida kundan-kunga ko’payib 
bormoqda. 
YOsh bolalar o’rtasidagi o’tkir zaxarlanish xolatlari 3 yoshgacha bolalar 
o’rtasida 40 %ni, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida 33,3 %, maktab yoshidagi 
bolalar o’rtasida esa 20 % gacha tashkil etadi.


Bizni Respublikamizda xam yuqoridagi xolatlar qayd etilshi mumkin. 
A.Z. Zurdinovni bergan ma`lumotiga qaraganda dunyodagi preparatlarni 50 %-li 
noto’g`ri yozilgan retseptlar orqali beriladi va sotiladi. SHuningdek 50% bemorlar 
ularga berilgan dorivor moddalarni talab darajasida qabul qilmaydilar. 
Nemis yoki ispaniyadagi farmnazorat xizmatchilarning olib borgan kuzatuvlari 
dorilarning nojo’ya reaktsiyalari xar 5ta bemorni 1 yoki 2 tasida qayd etiladi. 
Antibiotiklar va vaktsinalar bilan davolanganda esa bu xolat 69 %dan 81 %gacha 
xolatlarda qayd etiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling