Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash


I. Zaxarlovchi DM-larining so’rilishini susaytirish yoki dezaktivatsiya


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1652471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Дори воситаларининг ўзаро таъсири (3)

I. Zaxarlovchi DM-larining so’rilishini susaytirish yoki dezaktivatsiya 
jarayonini amalga oshirish 
Bizga ma`lumki organizmning o’tkir zaxarlanishi ko’pincha DM-larini og`iz 
orqali ist`emol qilinganda qayd etiladi. SHunday ekan zaxarlangan organizmni 
zaxarlovchi moddalardan xoli qilish zarur bo’ladi. Buning uchun me`dani, ya`ni DM-
lar tushgan joyni tezroq zaxarli moddalardan tozalanadi. Bunda: 
1. Me`dani yuvish yoki qayd qilish protsessini yuzaga chiqarish zarur. 
tomoq orqa qismini mexanik qitiqlash bilan; 
NaCl yoki Na
2
SO
4
ni yuqori kontsentratsiyasini iste`mol qilib qayd qildirish. Lekin 
15% NaCl eritmasini yosh bolalarga berib bo’lmaydi, chunki u so’rilib o’zi toksik 
ta`sir etishi mumkin. 
Qayd qoldiruvchi DM-lardan foydalanish (apomorfin gidroxlorid; CuSO
4
, ZnSO
4
va 
boshqalar). 
Lekin OIS-ning shilliq qabatini butunligini buzilishi (kislota yoki ishqorlar) 
bilan bog`liq zaxarlanishlarda qayd qildiruvchi moddalarni qabul qilib bo’lmaydi. 
CHunki bunda qizilo’ngachda qaytadan kuyish bo’lishi mumkin. SHuningdek qayd 
qildiruvchi moddalar o’pkaga tushishi (aspiratsiya) yoki nafas yo’llarini to’sib 
quyishi qayd qilinadi. 
SHuning uchun xam OIS-da DM-lar bilan zaxarlanishni davolashning eng 
optimal usuli me`dani zond yordamida yuvishni tashkil qilishdir. Bunda avval 
me`dadagi bor narsa olib tashlanadi. So’ngra uni turli eritmalar bilan (illiq suv, 
izotonik NaCl eritmasi, kaliy permanganat-margantsovka eritmalari) yuvish va unga 
– eritmaga aktivlangan ko’mir yoki zaxarlovchi moddalarni antidotlarini ko’shib 
ishlatilsa mantiqqa loyiq bo’ladi. Me`dani yuvish 3-4 soat o’tgach qaytariladi va u 
me`da to’la tozalanguncha davom etadi. 
2. Zaxarli moddalarni so’rilishini oldini olish uchun yuqorida qayd etilganidek 
adsorbentlardan (aktiv.ko’mir) va tuzli surgi dorilaridan, shuningdek vazelin 
yog`idan foydalaniladi, xamda ichakni yuvish kerak bo’ladi. 


3. Zaxarlanish teriga yoki shilliq qabatga DM-larini ta`sir qildirish orqali yuzaga 
chiqsa uni oquvchi vodoprovod suvi bilan yuvish zarur bo’ladi. 
4. Zaxarlanish zaxarli DM-larni o’pkaga tushishi orqali bo’lsa shu yo’l bilan 
DM-larni o’pkaga tushishini oldi olinadi. Bemorni zaxarlanishga sababchi bo’lgan 
joydan olib chiqish yoki unga protivogaz kiygizish kerak bo’ladi. 
5. Zaxarlanish zaxarli DM-larni teri ostiga (p/k) yuborish orqali bo’lsa, uni 
in`ektsiya qilingan eridan so’rilishini susaytirish uchun shu in`ektsiya qilingan er 
atrofiga adrenalin yuborib yoki u erga yaxni qo’yish orqali yordam beriladi. 
Bunday xollarda o’rni bo’lsa ba`zan jgut qo’yish xam mumkin! 
6. Agarda me`dada katta miqdorda zaxarli moddalar to’planib qolgan bo’lsa, 
masalan: bromidlar yoki rentgenokontrast modallar, unda gastroskopiya yoki 
gastrotomiya qilib tozalash kerak bo’ladi! 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling