Farmatsevtik texnologiya
Quyida kеltirilgan rеtsеptni pasportini tuzing va tayyorlash tеxnologiyasini yozing
Download 342.38 Kb.
|
farm tex savol javob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17. Murakkab miksturalarni tayyorlash tartibi (582- sonli buyruq).
- O‘zSSV ning 582 sonli bo‘yrug‘iga asosan
16.Quyida kеltirilgan rеtsеptni pasportini tuzing va tayyorlash tеxnologiyasini yozing:
Oling: Mеntoldan 0,24 Kofеin bеnzoat natriydan 2,4 Atsеtilsalitsil kislotadan 6,0 Aralashtiring, poroshok hosil bo’lsin Tеng 12 bo’lakka bo’ling B.B. 1 por 2 marta ichilsin 17. Murakkab miksturalarni tayyorlash tartibi (582- sonli buyruq). Murakkab miksturalar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma‖ga asosan olib boriladi. ―O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo‘yicha qo‘llanma ―O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖ III-kitob (Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo‘jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov) O‘zSSV ning 582 sonli bo‘yrug‘iga asosan: Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan. Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya‘ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi. Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak.12 582 sonli bo‘yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa; Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi. Rp: Natrii hydrocarbonatis Natrii salicylatis ana 2,0 Tincturae Valerianae 5 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae 180 ml M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml Valeriana nastoykasi 5 ml qand sharbati 10 ml Tozalangan suv miqdori (180 ml + 5 ml +10 ml) - (40 ml +20 ml +5 ml+ 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml + 20 ml) = 120 ml Umumiy hajmi 180+5+10 = 195 ml Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og‘irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi. Download 342.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling