Farmatsevtik texnologiya


Ekstraktlar bilan kukunlarni tayyorlash texnologiyasi


Download 342.38 Kb.
bet13/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)

Ekstraktlar bilan kukunlarni tayyorlash texnologiyasi.

Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:


Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) o’ta qovushqoq, idishdan to’kilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi.
Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015
Calcii carbonatis 0,3
Misce fiat pulvis.
Da tales doses N6.
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kaltsiy karbonat solib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. Kul tarozisida filtr kogozga 0,09 g quyuq belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr kogozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv bilan xullanib filtr kogoz ajratib olinadi. Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab quyilgan kaltsiy karbonat kukunidan 2—3 bo‘lakka solib, toki sochiluvchan bir xil poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,315 g dan 6ta mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.
21.Eritmalarni ta’rifi va tasnifi. Oksidlanuvchi moddalar bilan eritmalar tayyorlash. (Misol keltiring).


Eritmalar — nisbiy miqdorlari keng oraliqda oʻzgarishi mumkin boʻlgan ikki va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat, undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan boʻladi. Eritmalarda erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati oʻzgarmagan modda olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar ikki modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda boʻlsa, eritmada miqdori koʻproq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada moʻlroq boʻlsa, shuni erituvchi deb olinadi. Eritmalar tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Baʼzi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi (ekzoderma) yoki yutilishi (endoderma) ular orasida kimyoviy taʼsir mavjudligiga dalil boʻladi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini koʻrsatadi. Bundan tashqari, eritmalar tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab boʻlmaydi. Eritmalar tarkibining oʻzgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farqlantiradi. Shu bois ham eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oraligʻidagi moddalar deb qabul qilinadi.

Download 342.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling