Farmatsevtik texnologiya


Urug’li va moyli emulsiyalar va ularning texnologiyasi (misollar keltiring)


Download 342.38 Kb.
bet9/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)

14. Urug’li va moyli emulsiyalar va ularning texnologiyasi (misollar keltiring).
Moyli emulsiya.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: Shaftoli moyidan 20,0
Jelatozadan 10,0
Birlamchi suv (20+10):2=15 g
Ikkilamchi suv 200-(20+10+15)=155 ml
Umumiy og‘irlik 200 g
Texnologiyasi: Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz- ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi.
Bunda o‘ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib oqadi. So‘ng oz- ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo’ngir idishga solinadi.
Urug‘dan emulsiyalar tayyorlash
Rp.: Emulsi seminum Amyqdalarum dulcis 180, 0
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Pasport: Bodom magizi 18,0
Tozalangan suv 180 ml gacha
Umumiy og‘irlik 180 g
Texnologiyasi: Emulsiya tayyorlash uchun 18 g kobikdan tozalangan magiz kerak bo‘ladi.Buning uchun bodom magizi 60—70°S li suvda 10 daqiqa buktirib quyiladi, so‘ngra magizning ustki kobigi pinset yordamida olib tashlanadi. Tarozida tortib olingan tozalangan magiz chukur hovonchaga solinib ozgina (1,8 ml) suv qo‘shib bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha ezib maydalanadi. Massaga oz-ozdan suv (taxminan 144 ml) qo‘shilib 2 qavat dokadan tegishli idishga suziladi. Og‘irligi 180 g ga etkazilib, kerakli yorliq yopishtiriladi.
15. Poroshoklar ta’rifi, tasnifi. Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlashni o‘ziga xosligi. Quyida keltirilgan retsept bo‘yicha poroshokni hisobi, texnologiyasini keltiring:
Oling: Riboflavin 0,01
Askorbin kislota 0,25
Qand 0,2
Aralashtiring, poroshok hosil bo‘lsin
Shunday dozadan 10 poroshok bering

Download 342.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling