Farmatsevtik texnologiya


Suspenziyalarni ta’rifi, tasnifi suspenziya hosil bo‘lish hollari. Quyida keltirilgan retsept hisobini va texnologiyasini yozing


Download 342.38 Kb.
bet6/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)

11. Suspenziyalarni ta’rifi, tasnifi suspenziya hosil bo‘lish hollari. Quyida keltirilgan retsept hisobini va texnologiyasini yozing:
Oling: Rux oksidi 2,0
Geksametilentetramin 1,0
Tozalangan suv 100 ml
A.B.B. sirtga qo‘llash uchun
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm gacha, qo‘pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashkil topadi. Suspenziya hosil bo‘lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo‘lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo‘ladi.Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq faza zarrachalari dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo‘ladi.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo‘ljallangan dori moddalar bo‘lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo‘lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezroq so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
Suspenziyalarning xossalari va stabillash sharoitlari
Mikstura — suspenziyalar yetarli darajada turg‘un bo‘lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sekin-asta cho‘kishi miksturalarni ichish davrida yetarli darajada to‘gri dozalarga bo‘lish imkoniyatini yaratadi. SHunday bo‘lishiga qaramay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha ex temporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va kinetik energiyasi, zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog‘liq. SHuning uchun suspenziya turg‘unligi fazani harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi).
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
-qattiq dori moddalarni dispersion muhitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab) loyqalash yo‘li bilan.
-Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
-Kondensatsiya yo‘li bilan.

Download 342.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling