Farmatsevtik texnologiya


Download 342.38 Kb.
bet7/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)

Oling: Rux oksidi 2,0
Geksametilentetramin 1,0
Tozalangan suv 100 ml
A.B.B. sirtga qo‘llash uchun
Rp: Zinci oxydi 2.0
Hexamethylentetramini 1,0
Aquae purificatae 100 ml
M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 90 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 2.0 g rux oksidi solib 1 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). So‘ngra 20 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. Cho’kma yana maydalanib, ustiga 20 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 minutga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.


12.Kolloid eritmalar va ularni tayyorlash tеxnologiyasi.

Kolloid suzi grekcha kolla-yelim eidos-o‘xshash so‘zlaridan kelib chiqqan. Kolloid eritmalar mikrogeterogen sistema bo‘lib, ularda dispers faza mitsellalardan iboratdir.Zarrachalar o‘lchami 1-100 nm. Bu eritmalar termodinamik jihatdan turg‘un bo‘lmagan tizimlar bo‘lganligi uchun tez kaogulyasiyaga uchraydi. Natijada cho‘kmaga aylanishi ham kuzatiladi. Kolloid eritmalar elektrolitlar, harorat mexanik ta‘sir, yorug‘lik, elektr toki ta‘sirida ham kaogulyasiyaga uchraydi.Kolloid eritma hosil qiluvchi dorivor moddalarga protargol, kollargol, ixtiol va boshqalar kiradi. Bu moddalardan eritma tayyorlash usuli mitsellalarning tarkibiga bog‘liq. Farmatsevtika amaliyotida asosan gidrozollyar ishlatiladi, bularda dispersion muhit sifatida tozalangan suv bo‘ladi.


Himoyalangan kolloidlar eritmasini tayyorlash
Farmatsevtika amaliyotida ximoyalangan kolloid preparatlardan asosan protargol, kollargol va ixtiol ishlatiladi.Protargol va kollargol eritmalari antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va burushtiruvchi sifatida ishlatiladi.
Protargol- (Argentum proteinicum) jiggar rang sarg‘ish amorf kukun bo‘lib, xidsiz, achchi-ro- maza ga ega. Suvda oson eriydi, tarkibida 7.3-8.3% (o‘rtacha 8 %) kumush sa-lab, kolgani oksilning gidrolizidan keyingi maxsulotlarga to‘g‘ri keladi.SHuning uchun bu preparat ma‘lum vaktda bukib keyin erib ketadi. Preparat IX DF da 398 betda yoritilgan.
Rp: Solutionis Protargoli 2%- 100 ml
D.S. burunni yuvish uchun
Tayyorlanishi: Protargol eritmasini tayyorlash uchun keng satixli chini idishga oldin suv solib, ustiga yupqa qilib protargol sepiladi va idishni chayqatmasdan bir chetga olib qo‘yiladi. Aks xolda preparat bo’lakchalar xosil qilib ko‘pik xosil qiladi va protargolni erishi qiyinlashadi. Bir necha minutdan so’ng protargol avval bo‘kib, keyin erib ketadi. Tayyor eritmani issiq suv bilan yuvilgan paxta tampon or-ali qo‘ngir idishga suziladi. Agar retsept tarkibiga protargol bilan bir qatorda glitserin bo‘lsa, ular birga eziladi va ustiga oz-ozdan suv qo‘shib turiladi. Natijada protargol tez erib ketadi.
yarim kolloid eritmalar
Yarim kolloid eritmalar bu shunday sistemalarki, ular ma‘lum sharoitda chin eritma bщlib, dispers fazaning konsentratsiyasi o‘zgarganda kolloid xollardagi zollarga aylanadi.Bunda dispers faza bir vaqtda molekula, ion va xar xil o‘lchamdagi mitsellardan iborat bo‘ladi. Tibbiyot amalitida bunday eritmalarga tanidlar, sovun va ba‘zi bir organik asoslar (etakridin laktat) eritmalari ishlatiladi.
Tanidlarning suvli eritmalari. Tanidlar bu fenol unumlaridir
Rp: Tannini 3.0
Aquae purificatae 100 ml
M.D.S. kuyganda xo‘llash uchun.
Tayyorlanishi:Yordamchi idishga 98.2 ml illiq tozalangan suv solinadi va unda 3.0 g tanin eritiladi (XOK- 0.61). Eritma paxta tampon orqali suuziladi va bemorga berish uchun jihozlanadi.



Download 342.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling