Farmatsevtik texnologiya
Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash
Download 342.38 Kb.
|
farm tex savol javob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Qiyin eriydigan, tez oksidlanuvchi moddalardan eritmalar tayyorlang (misol keltiring). Qiyin eriydigan
- Tez oksidlanadigan.
- Texnologiyasi
Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo’yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen ko’ki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi. Dori moddalarni bo’yovchi xususiyatga ega bo’lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir. Rp: Riboflavini 0,01 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N6 Signa; Kuniga 1 ta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Passporti: Riboflavin 0,06 gr 0,01*6=0,06 Qand parashogi- 1,2 gr 0,2*6=1,2 M(umumiy)=0,06+1,2=1,26 Tayyorlanishi: Havonchaga 1,2 gr qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning ½ qismini havonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 gr riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo’yilgan rangsiz modda qanddan oz-ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo’lgandan so’ng, parashokni 0,21 grdan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi. 6. Qiyin eriydigan, tez oksidlanuvchi moddalardan eritmalar tayyorlang (misol keltiring). Qiyin eriydigan: Borat kislotasi, amidopirin, kaltsiy glyukonat, achchiqtosh, natriy tetraborat kabi moddalarsovuq suvda sekin eriydi va nisbatan yomon xo’llanadi. Ularning eritmalarini tayyorlashda issiq suvdan foydalanish lozim. Rp:Sol, Acidi borici-2,0 : 75 ml Signa: Chayish uchun Passporti: Borat kislotasidan 2,0 Tozalangan suvdan- 75ml V(umumiy)=75ml Texnologiyasi:Borat kislotasi sovuq suvda 1:25, issiq suvda 1:4 nisbatda eriydi. Yordamchi idishda 2 gr borat kislotasi 75ml tozalangan 89-90*C li issiq suvda chayqatib eritiladi va shisha idishga suzilib, tegishli yorliq yopishtiriladi. Tez oksidlanadigan. Kumush nitrat va kaliy permanganate eritmalari organick moddalar ta’sirida tez parchalanib ketishi mumkin (ayniqsa filtrlash jarayonida). Shuningdek filtr qog’ozi kumush ionlarini o‘zida adsorbtsiyalab ushlab qoladi. Shuning uchun bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda oldindan tayyorlab olingan yangi xaydalgan, tozalangan suvdan foydalaniladi. Juda filtrlash zarur bo‘lsa, birinchi yoki ikkinchi nomerli shisha filtrdan foydalaniladi. Oling: Kumush nitrat eritmasidan 0,12 : 100 ml 1 osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan oldin ichilsin. Pasporti: Kumush nitratdan 0,12 Tozalangan suvdan 100 ml Umumiy xajm 100 ml Texnologiyasi: 0,12g kumush nitrat oldindan filtrlangan yangi xaydalgan, tozalangan 180 ml suvda eritiladi. Tayyor eritmani qo‘ng‘ir idishga solib surguchlab, muxr qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa 1- sonli shisha filtr orqali filtrlanadi. ―Extiyot bo‘linsin‖ deb yozilgan ogoxlantirish yorlig‘i yopishtiriladi. Shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun, deb yozib qo‘yiladi. Download 342.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling