7. Poroshoklarni ta'rifi va tasniflanishi (quyuq ekstraktlar bilan poroshok tayyorlashning o’ziga xosligi).
Ekstraktlar.
Ekstraktlar deb o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalari suv, spirt, efir, yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman yoki butunlay bug‘latilgan ajratmaga aytiladi. Ekstraktlar quyuq suyuqligiga qarab turlanadi, ekstraktlarga bo‘linadi. Ekstrakt konsentratlar tashqi qo‘rinishiga qarab 3 ga bo’linadi. Suyuq, quyuq, quruq.
Quyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash
Oling: Belladonna ekstraktidan 0,01
Vismut nitrat asosidan
Natriy gidrocarbonatdan teng miqdorda 0,2
Aralashtiring poroshok xosil bo‘lsin
Shunday dozadan 10 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan og‘riganda.
Pasport: Belladonna quyuq ekstraktidan 0,1
Vismut nitrat asosidan 2,0
Natriy gidrokarbonatdan 2,0
0,41 g №10
Texnologiyasi: Havonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi va uni qog‘ozga olib qo‘yiladi. qo‘l tarozida filtr qog‘ozga 0,1 gr quyuq beladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni xovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr qog‘ozning orqa tomonidan 20% etanol tomizilib yoki suv bilan xo’llab filtr qog‘oz ajratib olinadi. Ekstrakt xovonchada 1-2 tomchi spirt bilan eziladi va vismut nitrat qo‘shib aralashtiriladi, so‘ngra oldindan maydalab qo‘yilgan natriy gidrokarbonat 2-3 bo‘lakka bo‘lib toki sochiluvchan bir xil poroshok xosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,41 g dan 10 mumli yoki parafmli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
8. Sirtga va ichish uchun Lyugol eritmasidan 100 ml tayyorlang.
Lyugol eritmasining 5% lisi (ichish uchun) va 1% lisi (sirtga qo‘llash uchun) eritmalari bor.
Oling: Lyugol eritmasidan 100 ml
tomoqni artish uchun.
Tarkibi:Yod 2,0
Kaliy yodid 4,0
Tozalangan suv l00 mlgacha
Pasporti: Kaliy yoddan 4,0
Yoddan 2,0
Tozalangan suvdan 100 ml gacha
Umumiy xajm 100 ml
Texnologiyasi: 4,0g kaliy yodid 3,0-4,0 ml tozalangan suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan to‘yingan eritmada pergament qog‘ozda o‘lchab olingan 2,0 yod kristallari eritiladi. Yod to‘liq erigandan so‘ng tozalangan suv quyib xajmi 100 ml ga etkaziladi. Eritma paxta tamponi yoki shisha filtr orqali suziladi va qo‘ng‘ir shisha idishlarda, tegishli yorliq yopishtirilib beriladi.
Lyugol eritmasi ichish uchun berilsa, tomchilab sutga qo‘shib ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |