Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar
Shifoxona dorixonasi ishini tashkil qilish
Download 67.29 Kb.
|
GOST fitq
Shifoxona dorixonasi ishini tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtik bozoriga qalbaki dori vositalari kirishini oldini olish choralari. Hozir 0 ‘zbekiston farmatsevtika bozoriga sifatsiz dori vositalari kirib kelishining oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 427-sonli Qarori va “Dori vositalarini sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoidalari” bu yo'nalishdagi asosiy hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. Iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoyalash, aholini sifatli va bezarar dori vositalari bilan ta’minlashning yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 2003-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish idorasi tomonidan dori vositasining muvofiqlik sertifikati joriy etildi. Faqat shu muvofiqlik sertifikatiga ega boMgan dori vositalari 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida sotilishiga ruxsat etiladi. Dori vositalarining belgilangan sifat standartlariga muvoFiqligi “Dori vositalari ekspertizasi va standartlash Davlat markazi”ning akkreditatsiyadan o‘tgan va boshqa vakolatli labaratoriyalarda tekshiriladi. Sertifikatlashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida viloyatlarda sertifikatlashtirish idoralari tashkil etilgan. Andijonda (Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari uchun), Urganchda (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun), Samarqandda (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari uchun), Qarshida (Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun). Yuqoridagi idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari MDH davlatlarida tan olinadi. Shu yo‘l bilan Respublikaga nostandart dori vositalari kiritilishiga o‘ziga xos to‘siq qo‘yilmoqda. Lekin, majburiy sertifikatlashtirish hamma muammolaming yechimi bo‘la olmaydi. Farmatsevtik bozorga qalbaki mahsulotlar kirib kelishini oldini olishning samarali usullarini o‘z ichiga olgan bir qator chora tadbirlar ishlab chiqish kerak. Flozirgi kunda qalbaki dori vositalari haqidagi ma’lumotlar, axborotlar ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie, matbuot) yordamida mutaxassislarga muntazam ravishda yetkazilmoqda. Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi yechimini alohida davlatlaming nazorat organlari bilan hamkorlikda hal qilish mumkin. Download 67.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling