Farmatsevtika menejmenti
Kommunikatsiyalarning turlari
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
18.2. Kommunikatsiyalarning turlari
Farmatsevtika tashkilotining ichida ikki turdagi kommunikatsiyalar mavjud bo‘ladi: pog‘onalararo (axborotni iyerarxiya pog‘onalari bo‘ylab tepaga va pastga o‘tishi); gorizontal (bitta pog‘onadagi bo‘linmalar va xodimlar o‘rtasida). Odatda, kommunikatsiyalarning gorizontal oqimlarini samaradorligi 90 foizgacha yetadi, buni bitta pog‘onada ishlayotgan odamlarning o‘zaro bir-birini tushunishi, bir-birining muammolarini bilishi bilan izohlanadi. Bu kelib tushgan axborot mazmunini ishning aniq uchastkalariga tez va aniq moslashtirish imkonini beradi. Vertikal kommunikatsiyaning samaradorligi bundan kamroq. Тadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yuqori boshqaruv bo‘g‘inidan chiqadigan axborotning atigi 20—25 foizi aniq ijrochilariga yetib boradi va ular tomonidan to‘g‘ri tushuniladi. Ko‘pincha rahbarning o‘rinbosarlari axborotni yo‘qotib, ijrochilar tomonidan yuborilgan axborot ma’lumotlarining 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi rahbarga yetib boradi. Axborotni uzatish usuliga qarab kommunikatsiyalar og‘zaki va yozma kommunikatsiyalarga bo‘linadi. Og‘zaki kommunikatsiyalar ish bo‘yicha suhbatlar, kengashlar, majlislar, konferensiyalar, telefon muloqotlari yo‘li bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki boshqaruv kommunikatsiyalarining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritiladi: muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha qisqacha bayon; tushunilishi qiyin bo‘lgan axborotni umumlashtirishlar, takrorlanishlar, o‘xshatishlar, ma’lum holatlar bilan „to‘ldi rilishi“; muammoni aniq bilish, uning yechimini zaruriy asoslash, suhbatdoshni muammoni birgalikda hal etishga tayyorlash; muomalaning faol harakatlarga undovchi ochiq, kons- tru ktiv-tanqidiy muhitini yaratish. Yozma kommunikatsiyalar tashkiliy texnikadan (faks, elektron pochta) va pochta xizmatidan foydalangan holda ish yozishmalari orqali amalga oshiriladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling