Tayanch iboralar
Boshqaruv qarori, muammo, intuitiv qaror, vakolatli, empirik qoida, postulat, relevant, inversiya uslubi, empatiya uslubi, induksiya, deduksiya, indifferent yondoshuv.
Nazorat savollari
1. Boshqaruv jarayonining mazmuni nima?
2. Boshqaruv qarorlarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablarni tushuntiring.
3. Qarorlarni qabul qilish jarayonini tushuntiring.
4. Jarayonning umumiy tavsifi qanday?
5. Qarorlarni ishlab chiqish tizimining asosiy elementlarini tushuntiring.
6. Qarorlarni qabul qilish jarayonining modellashtirish nima?
18 bob. FARMATSEVTIKA TASHKILOTLARINING
AXBOROT TA’MINOTI
18.1. Farmatsevtika kommunikatsiyalarining asosiy tavsiflari.
18.2. Kommunikatsiyalarning turlari.
18.2.1. Ish bo‘yicha suhbat.
18.2.2. Ish kengashi.
18.2.3. Telefon muloqotlari.
18.3. Kommunikatsion tarmoqlar va uslublar.
18.1. Boshqaruv kommunikatsiyalarining
asosiy tavsiflari
Har qanday farmatsevtika tashkilotining a’zolari hamkorlikdagi faoliyat jarayonida subordinatsiya va koordinatsiya munosabatlarida bo‘ladilar. Subordinatsiya munosabatlari — bu egallagan lavozimi bo‘yicha kichkinani kattaga xizmat bo‘ysunuvi, xizmat intizomi qoidalarining bajarilishidir. Ushbu munosabatlar doirasida rahbar qo‘l ostidagi xodimning lavozim vazifalariga muvofiq unga farmoyishlar berish va ularning bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Qo‘l ostidagi xodim ularni sitqidildan bajarishga majbur. Rahbar mukofotlash va baholash huquqiga; qo‘l ostidagi xodim esa — tanqid qilish va belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Koordinatsiya munosabatlari — bu bitta pog‘onadagi yoki har xil pog‘onadagi tuzulmaviy bo‘linmalar o‘rtasida, ularning birgalikdagi harakatlarini kelishtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. Tashkilotlardagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari va shakllarini — kommunikatsiya, ya’ni muomala belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |