Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet122/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Kommunikatsion uslub — bu shaxsning boshqalar bilan o‘z munosabatlarini amalga oshirishda o‘ziga afzal biladigan uslubi. Shaxsning ochiqlik darajasi va aks ta’sir etishga moslashish darajasi bo‘yicha 5 ta kommunikatsion uslublar ajratib ko‘rsatiladi (18.3-chizma).
1. „O‘zini ochib bermoq“ uslubi — yuqori darajadagi ochiqlik, ammo atrofdagilarning harakatlariga aks ta’sir etishga past darajada moslashish bilan tavsiflanadi. Atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga jamlab, o‘zining tutishiga nisbatan ularning ta’sir ko‘rsatishiga chorlab, odam unga g‘ayri oddiy ta’sir oladi, uni yuragiga yaqin olib, his-xayajonlarini namoyon qiladi (tavsiya: o‘zida tanqidga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlikni tarbiyalash).
2. „O‘z imkoniyatlarini amalga oshirish“ uslubi shaxsning ochiqligi va atrofdagilarning uni o‘zini tutishiga nisbatan bergan bahosini to‘g‘ri qabul qilishi bilan ajralib turadi. Bu eng yaxshi uslub, biroq hamkasabalar shaxsning ochiqligiga to‘g‘ri javob qaytarmasa, u o‘zgarishi mumkin.
3. „Odamovi“ uslubi ochiqlik va qaytar aloqaning past darajasini tavsiflaydi.
4. „O‘zini himoya qilish“ uslubiga past darajadagi ochiqlik va yuqori darajadagi qaytar aloqa xosdir.
5. Matritsaning markazida ko‘rsatilgan „o‘zi uchun savdo­lashish“ uslubidan ochiqligi o‘rtacha bo‘lgan shaxslar foydalana­dilar.


Tayanch iboralar


Axborot, kommunikatsiya, subordinatsiya, telefon, elektron pochta, reglament, vakant, listen, ekspressiv, g‘ildirak, zanjir, chambarak.


Nazorat savollari


1. Farmatsevtika kommunikatsiyalarining asosiy tavsiflarining mazmuni nima?
2. Subordinatsiya munosabatlarini tushuntiring.
3. Koordinatsiya munosabatlarini tushuntiring.
4. Boshqaruv kommunikatsiyasini tushuntiring.
5. Kommunikatsiya tizimi o‘zaro bog‘langan 4 ta elementini tushuntiring.
6. Kommunikatsiya tizimi o‘zaro bog‘langan 4 ta elementi nimalardan iborat?
7. Kommunikatsiya jarayonini boshqarishga uni tashkil etuvchi bosqichlarni tushuntiring.
8. Kommunikatsiyalarning turlarini sanab o‘ting va tushuntiring.
9. Ish bo‘yicha suhbatning namunaviy ish rejasi qanday bandlardan tarkib topishi mumkin?
10. Listen (tinglang) so‘zining har bir harfi aniq bir harakatni anglatishini tushuntiring.
11. Тelefon muloqotlari to‘g‘risida tushuntiring.
12. Kommunikatsion tarmoqlar va uslublarni ayting.


19 bob. FARMATSEVTIKA TASHKILOTLARIDA

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling