Kommunikatsion tarmoq — bu kommunikatsiya jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida axborot aloqalarini tashkil etishdir.
Guruhdagi a’zolarining soni bo‘yicha bir xil yoki turlicha bo‘lgan guruhlar uchun kommunikatsion tarmoqlarni barqarorlashgan namunalari mavjud. 18.2- chizmada nuqtalar bilan guruh a’zolari, chiziqlar bilan esa kommunikatsion aloqalar tasvirlangan. „Chambarak“ turidagi kommunikatsion tarmoqni tashkil etishda ishtirokchilar faqat yonidagi turganlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladilar.
18.2- chizma. Kommunikatsion tarmoqlarning asosiy turlari.
G‘ildirak“ turidagi tarmoq guruhning markazda turgan a’zosi bilan (odatda, bu yetakchidir, u boshqalarga nisbatan ko‘proq kommunikatsion aloqalarga ega bo‘ladi) axborot almashish imkonini beradi. „G‘ildirak“ turidagi tarmoqda hukmronlikning rasmiy markazlashtirilgan iyerarxiyasi ifodalanadi, bunda qo‘l ostidagi xodimlar bir-biri bilan axborot aloqalarini o‘zining yetakchisi orqali amalga oshiradilar.
Kommunikatsion tarmoqning turi aniq bir masalalarni hal qilish mezonlarining tavsiflariga ta’sir etadi (18.2- jadval).
18.2- jadval
Masalalarni kommunikatsion tarmoqlarning
asosiy turlari bilan hal qilish tavsifi
Mеzon
|
Tarmoqning turi
|
«chambarak»
|
«zanjir»
|
«g’ildirak»
|
Tеzlik
|
sеkin
|
tеz
|
tеz
|
Aniqlik
|
yomon
|
yaxshi
|
яхши
|
Tashkilotchilik
|
sust
|
o’rtacha
|
tеz
|
Еtakchilik
|
yo’q
|
bosib qo’yiladi
|
aniq ifodalangan
|
Asoslanish
|
juda yuqori
|
past
|
juda yuqori
|
Kerakli natijalarga qarab qarorni u yoki bu guruhga taklif qilish mumkin. Menejer, jamoada qulay muhit yaratilishini ta’minlash uchun qo‘l ostidagi xodimlarning bir-biri bilan muomala qilish usullarini o‘rganib chiqishi kerak. Jamoada ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish maqsadida rahbar, ayrim xodimlarning o‘zini tutishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |