Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- hujjatlashtirish
ISH YURITISH ASOSLARI
19.1. Umumiy tushunchalar va ish yuritishni reglamentlash. 19.2. Hujjat almashinuvini tashkil etish. 19.3. Hujjatlarni tasniflash, ekspertiza qilish, hujjatlarni saqlash va bartaraf etish. 19.1. Umumiy tushunchalar va ish yuritishni reglamentlash Hozirgi zamon farmatsevtika faoliyatining asosiy resurslaridan biri — bu axborotdir. Ish jarayonida yaratiladigan axborot massivi, eng avvalo, hujjatlardan tarkib topadi. Axborot hujjatlari bilan ishlashning umumiy huquqiy tartibi 1995- yil 20- fevraldagi 24-sonli „Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to‘g‘risida“gi Federal qonun bilan belgilab berilgan. Qonunda boshqa qoidalar bilan bir qatorda hujjatlarni yaratish borasidagi asosiy tushunchalar belgilab berilgan, xususan, „hujjat“ atamasiga ta’rif berilgan. Hujjat — moddiy tashuvchida, uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi hamda yuridik kuch bilan ta’minlovchi rekvizitlar bilan qayd etilgan axborot. Hujjatni yaratish jarayoni hujjatlashtirish deb nomlanadi. Hujjatlar bir qator muhim funksiyalarni bajaradi: ulardan eng asosiylari — bu axborot, boshqaruv, huquqiy, kommunikativ, hisobga olish, madaniy, tarixiy funksiyalardir. Farmatsevtika menejmentida hujjatlashtirish holatlar, voqealar, boshqaruv vaziyatlarini hujjatlashtirish ehtiyojining aniqlanishi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat standartlarini talablariga muvofiq hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda rasmiylashtirilishini nazarda tutadi. O‘z-o‘zicha hujjatlashtirish farmatsevtika tashkiloti boshqaruvining hujjatlar ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarni hal etolmaydi. Hujjatlarni yaratish jarayoni ular bilan ishlashni tashkil etish bilan to‘ldiriladi, u hujjatlarni ro‘yxatga olish, tasniflash, uzatish, saqlash, ijrosini nazorat qilish kabi muhim muolajalarni o‘z ichiga oladi. Tayyor hujjatlar bilan ishlash muolajalari hujjat almashinuvi tushunchasi bilan umumlashtiriladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling