Farmatsevtika menejmenti
Bozorning menejment funksiyalariga ta’siri
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
6.3. Bozorning menejment funksiyalariga ta’siri
Bozor muhitining tez o‘zgarishi korxonaga doim „tashvish“ keltirib turadi. Aholi daromadi, xarid qilish qobiliyati, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab, demografik sharoit tez-tez o‘zgarib turadi. Masalan, aholi turmush darajasining o‘sishi diltortar tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni orttiradi. Shunday tovarlarga talabni qondirgan korxona katta foyda oladi. Bozor munosabatlarining o‘zgarishi ishlab chiqarish va boshqarishni o‘zgarishini talab etadi. Menejment funksiyasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘iladi. Yana quyidagilar qayta ko‘riladi: Rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish, hisobga olish va nazorat qilish va boshqalar. Bozor munosabatlariga o‘tish, barcha Nizom, yo‘riqnomalar qonunga zid me’yoriy huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rishni talab etadi. Boshqarish, lizing, moliya va kredit, narx belgilash va rejalashtirishda yangi nizomlar qabul qilinadi. Quyi va yuqori tashkilotlar o‘rtasida oshkoralik kengayadi, boshqaruv organlari funksiyasi o‘zgaradi. Menejment funksiyasining „boshqarish“ roli ham tubdan o‘zgaradi. Xalq xо‘jaligining barcha bo‘g‘inlari, huquqiy boshqarish boshqatdan ko‘riladi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi zaruriy munosabatni o‘rnatishga qaratiladi. Ishlab chiqarish va ta’minot, mehnat va ish haqi, ishchi o‘rni soni va mehnat resurslari, talab va taklif o‘rtasidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi. Boshqaruv organlarining nihoyatda samarali ishlashi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va unga erishish vositalarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Mehnatni pirovard natijasiga qarab xodimlarni rag‘batlantirish to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda moddiy rag‘batlantirish bilan birga xodimlarni ma’naviy rag‘batlantirish usuli qo‘llaniladiki, aksariyat hollarda u katta samara beradi. Shunday qilib menejment funksiyasi hech qachon so‘nmaydi, u doim aniq milliy holatlarni hisobga olgan holda hamda inson ruhiyatidagi o‘zgarish jarayonlariga qarab takomillashaveradi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling