Farmatsevtika menejmenti


Ijtimoiy-psixologik funksiyalar


Download 1.37 Mb.
bet67/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Ijtimoiy-psixologik funksiyalar mehnat jamoasidagi ishlab chiqarish munosabatlarining vakil saylash va asoslash xususiyat­lariga bog‘liq bo‘ladi.
Texnologik funksiyalar menejer faoliyatining quyidagi: qarorlar qabul qilish va kommunikatsiyalar turlarini belgilab beradi.
Funksiyalarning hamma uchta guruhi o‘zaro bir-birini to‘l­dirib, farmatsevtika menejmentining boshqaruv ta’siri uslublari va usullarini tabaqalashtirish, boshqaruv organlari va alohida menejerlarning mehnatini ixtisoslashtirish imkonini beruvchi yaxlit tizimini yaratadi.
Umumiy funksiyalarni faoliyatning ko‘lami va ahamiyati bo‘yi­cha nisbati menejmentning iyerarxik pog‘onasiga qarab jiddiy ravishda tabaqalanadi.
Menejment umumiy funksiyalaridan har birini amalga oshi­rish uchun tashkilotda ma’lum kommunikatsion bog‘lanishlar shakllan­tiriladi va boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi. Ular menejment umumiy funksiyalarining texnologik negizi bo‘lib hisoblanadi.
Menejment umumiy funksiyalarini amalga oshirishning axloqiy jihatlari uning ijtimoiy-psixologik: vakil saylash va asoslash funksiyalari bilan shakllantiriladi.
Boshqaruv subyektlarini, tashkilotning mavjud resurslaridan samarali foydalanilishi uchun obyektlarga ta’sir o‘tkazish usullari „boshqaruv uslublari“ tushunchasiga kiritiladi.
Boshqaruv uslublari — turli vazifalarni hal etish qoidalari va muolajalaridir.
Tashkilotlarda yuzaga keladigan vaziyatlarning turli-tumanligi boshqaruv uslublarining bir butun arsenali qo‘llanilishini taqozo etadi. Farmatsevtika menejmentida tarkibiga to‘rtta: tashkiliy, ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik uslublar guruhi kiruvchi boshqaruv uslublari tizimidan foydalaniladi (14.4- jadval).


14.4- jadval


Boshqaruv uslublari tizimi



Uslublar guruhi

Asosiy turlari va turchalari

Tashkiliy



  • Rеglamеntga solish:

  • umumiy tashkiliy

  • tuzulmaviy

  • funktsional

  • lavozim bo’yicha




  1. Mе'yorlash:

  2. vaqt

  3. xodimlar soni

  4. mеhnat

  5. mahsulot ishlab chikarish

  6. mahsulot sifati




  1. Yo’riqnoma bеrish:

  2. tanishtirish

  3. tushuntirish

  4. ogohlantirish

  5. maslahat

Ma'muriy

  1. hokimlik:

  2. majbur qilish (zo’rlash)

  3. ta'sir o’tkazish

  4. rahbatlantirish

  5. jazolash




  1. Tasarruf qilish:

  2. rahbariy ko’rsatmalar (dirеktivalar)

  3. qarorlar

  4. buyruqlar va farmoyishlar

  5. rеzolyutsiyalar




Javobgarlik

Iqtisodiy

Normativlar




Ishning mas'uliyatli sifati tizimi




Mеhnatni baholash

Ijtimoiy-psixologik

  1. Mеhnat jamoasini shakllantirish:

  2. qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish

  3. ijtimoiy-psixologik muhitni baholash

  4. rahbarlik uslubi




Ma'naviy rahbatlantirish




Attеstatsiya




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling