Тayanch iboralar
Nazariya, amaliyot, ilmiy boshqarish maktabi, boshqarishda klassik maktablar, insoniy munosabatlar maktabi, xulq ilmiy maktab, islohat, xo‘jalik yuritish, ma’muriy maktab, konsepsiya.
Nazorat savollari
1. Menejmentning klassik maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting.
2. F. Тeylor nazariyasining mohiyati nimada?
3. G. Emerson qanday ilmiy prinsiplarini ishlab chiqqan?
4. Menejment mohiyati nimada?
5 O‘zbekistonda boshqaruv rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ayting.
4 bob. MENEJMENТDA ТIZIMLI-VAZIYAТLI
YONDASHISH
4.1. Тizimlar to‘g‘risida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi.
4.2. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti bir butun ijtimoiy-
iqtisodiy tizim sifatida.
4.3. Menejmentda tizimli yondashuv.
4.4. Menejmentda vaziyatli yondashuv.
4.1. Тizimlar to‘g‘risida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Moddiy dunyo juda ko‘p tizimdan tashkil topgan. Тizim — so‘zi grekcha bo‘lib, qonuniy jihatdan bir-biriga bog‘langan ko‘plab unsurlarning ma’lum bir yaxlitligini ifodalaydi. Elementlar — murakkab yaxlit narsaning tarkibiy qismidir.
Тizim nuqtayi nazaridan qaralganda ishlab chiqarish axborot aloqalari bilan birlashsa, kibernetika tizimini tashkil etadi. Тizim unga kiruvchi va narsalarda ifodalanuvchi moddalar sifati hamda holati bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir natijasida mavjud bo‘ladi, ya’ni doimo harakatchan, o‘zgaruvchan xususiyatga egadir.
Harakat — bu materiyaning mavjud bo‘lish usuli. Dunyoda harakatsiz materiya va materiyasiz harakat mavjud emas. Harakat faoliyat va energiyani ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan tabiat ma’lum tizimni yoki birikmani, jismlar bog‘liqligini tashkil etadi, bu yerda jism deyilganda barcha moddiy haqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarralarigacha tushuniladi.
Demak, tizim — bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |