Farmatsevtika menejmenti
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti yaxlit
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
4.2. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti yaxlit
ijtimoiy- iqtisodiy tizim sifatida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot, korxonalar, birlashmalar, tashkilot, tarmoqlar va mintaqalar murakkab, o‘zgaruvchan, yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, uning har bir bo‘g‘ini ijtimoiy ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molning turli jarayonlarini amalga oshiradi, bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti iqtisodiy tizimdir, chunki mehnat va moddiy resurslar qo‘shilishi natijasida moddiy boyliklar, shu jumladan, milliy daromad yaratiladi, shuningdek, jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarilish jarayoni yuz beradi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti ijtimoiy tizim hamdir, chunki kishilar tomonidan yaratilgan tashkilotdir. Mehnat jarayonida kishilar o‘zaro ijtimoiy munosabatda bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar, o‘z faoliyatlari natijalarini ayirboshlaydilar. Demak, ijtimoiy munosabatlar subyektlari kishilardan, obyektlari esa ularning har xil sohalardagi turli tuman faoliyatlaridan (ishlab chiqarish, fan, madaniyat, san’at va hokazo) iborat. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti boshqarish tizimi iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, ahloqiy, ruhiy va boshqa munosabatlar yig‘indisidan iboratdir. Ular orasida eng muhimi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari — bu barcha ustqurma munosabatlar asosida turuvchi va o‘z salmog‘i jihatidan munosabatlar tizimida yetakchi bo‘lgan asosiy munosabatlardir. Shu sababli, respublika iqtisodiyotini qayta qurishning mohiyati ma’muriy munosabatlar ustunligidan iqtisodiy munosabatlarga boshqaruvning barcha darajalarida manfaatlarni boshqarish va kishilar manfaatlari vositasida boshqarishga o‘tishdan iborat. Lekin mehnat jamoalari faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, huquqiy vazifalarni ham bajaradilar. Demak, iqtisodiyot boshqaruv obyekti sifatida murakkab, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iborat ekan. Тarkibiy jihatdan respublika iqtisodiyoti turli xil ishlab chiqarish unsurlari (ish joyi, sex, korxona, konsern, tarmoq va hokazo)dan iborat. Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini korxonadir. Korxona o‘z ish natijalari bo‘yicha to‘liq javobgar. Korxona daromadlari butun mehnat jamoasining mehnatini natijasi bilan uzviy bog‘liq. Iqtisodiyotni boshqarish tizimi ikki kichik tizimdan axborot oqimlari bilan bir tizimga bog‘langan ishlab chiqarish jamoasi va boshqaruvchilar jamoasidan iborat boshqaruv obyekti va subyektidan tashkil topgan. Тo‘g‘ri aloqa yo‘llari bo‘yicha yuqoridan pastga boshqaruv buyruqlari, aks ta’sir yo‘llari bo‘yicha pastdan yuqoriga qarorlar bajarilishi haqida axborot yuboriladi. Korxona — sex, bo‘linma, xizmat kabi unsurlarning o‘zaro bog‘lanmagan, tasodifiy birikmasi emas. U o‘zi tashkil topgan unsurlarning korxona tashkil etilishida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun o‘ziga xos birikishdan iborat. Korxona yirikroq ijtimoiy-iqtisodiy tizim — tarmoq tarkibiga kiradi va uning unsuridan iborat bo‘ladi, tarmoq esa o‘z navbatida yaxlit tizim — iqtisodiyotning tarkibiy qismidir (sxemaga qarang). Shunday qilib, O‘zbekiston iqtisodiyoti yaxlit yirik tizim bo‘lib, barcha tarmoqlarni xo‘jalik yuritishning murakkab mexanizmiga biriktiradi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling