Farmatsevtika menejmenti
Menejmentda vaziyatli yondashuv
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
4.4. Menejmentda vaziyatli yondashuv
Boshqaruv vazifalarini bajarishda korxona va tarmoqlar o‘rtasida vaziyat o‘zgarishlari deb ataladigan farqlarga e’tibor berish lozim. Ular ikki xil bo‘ladi: tashqi va ichki. Ichki o‘zgarishlar aniq korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona maqsadlari, resurslari, kattaligi, vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va hokazolar. Korxonalar o‘rtasidagi ichki farqlari binolar o‘rtasidagi farqqa o‘xshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali, kattaligi bilan farq qilib, bu farq natijasida ularning biri klub, boshqasi kishilar yashaydigan uy bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday tarzda korxonalarning ichki farqlari ularning vazifalarini belgilaydi. Bu o‘zgarishlarni ma’lum darajada nazorat qilish mumkin va ular boshqaruv qarorlari natijasida vujudga keladi. Rahbariyat tomonidan ichki o‘zgarishlar borasida qabul qilinadigan qarorlar qanchalik samarali va unumdor faoliyat yuritishni belgilaydi. Korxona kattaligi, ichki farqlari korxonani boshqarishga qanday ta’sir etishning yorqin namoyon qiladi. Yirik aksionerlar jamiyatini boshqarish bilan kichik korxona, do‘konni boshqarish o‘rtasida katta farq mavjud. Korxona qancha katta bo‘lsa, uni boshqarish ham shunchalik qiyin bo‘ladi. Тashqi o‘zgarishlar korxonadan tashqaridagi muhit omillaridir. Ular qatoriga yirik raqobatchi korxonalar, texnika va texnologiyani olish manbaalari, ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Тashqi muhit, tashqi o‘zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o‘zgarishlar korxona muvaffaqiyatiga kuchliroq ta’sir qilishini ko‘rsatish yetarli emas. Тurli tuman vaziyat ko‘rsatkichlari va boshqarish jarayonining barcha vazifalari o‘zaro bog‘liq hamda ularni bir-biridan ajratib ko‘rib chiqish mumkin emasligi ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Suvga tashlangan tosh butun ko‘l bo‘ylab tarqaluvchi to‘lqinlarni hosil qilgani kabi, biror muhim omilning o‘zgarishi butun korxona faoliyatida aks etadi. Korxona faoliyati samaradorligiga ko‘plab ham ichki ham tashqi omillar ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi usuli aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga eng mos bo‘lgan usul eng samarali usul bo‘ladi. Shu sababli muvaffaqiyatli boshqaruv integratsiya qilingan yondashuvni talab etadi. Vaziyat yondashuvi bilan uzviy bog‘liq tizimli yondashuvda turli xususiy yondashuvlar, boshqaruv vazifalari uzviy bog‘liq bo‘lib, korxona qator o‘zaro bog‘liq kichik tizimdan iborat tizim sifatida o‘rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlarga tizimning alohida qismlari o‘rtasidagi tizim va uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga imkon beradi. Vaziyat yondashuvi tizim nazaryasini amalda qo‘llashni korxonaga ta’sir etuvchi asosiy ichki va tashqi o‘zgarishlarni aniqlash yo‘li bilan kengaytiriladi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq usullarini aniq vaziyat bilan bog‘lab amalga oshirish imkonini beradi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling