Farmatsevtika menejmenti


Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi


Download 1.37 Mb.
bet49/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

12.2. Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi

Jamoaning ijtimoiy rivojlanishiga inson hayoti bilan bog‘liq hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar majmuyi, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar to‘plami sifatida qaraladi.


Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda ancha erkinliklarga ega bo‘ldilar. Korxona jamoasi o‘z mablag‘i bilan o‘zi mustaqil ravishda foy­dalanish huquqiga ega, jamoaning har bir a’zosi uning va u orqali butun jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy ma’naviy masala­larni hal qilishda faol qatnashish uchun kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona jamoasi texnikaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda o‘z ijtimoiy muammolarini yechishga ham harakat qiladi. Bu asosan korxonani ijtmoiy iqtisodiy rivoj­lantirish bo‘yicha ikki guruhga bo‘linuvchi tadbirlar vosita­sida amalga oshiriladi.
Birinchi guruh tadbirlar jamoa ijtimoiy tarkibini qayta tashkil etishga qaratilgan. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish bilan uning samaradorligi ortadi, ishlovchilar malakasi, madaniyatiga bo‘lgan talab yangi kasblar vujudga kelib, eskilari yo‘qolib boradi.
Fan-texnika taraqqiyoti, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ko‘pchilikni oldin shug‘ullangan ishidan bo‘shatadi. Qachon, qancha ishchi ishdan bo‘shashi, ularning qanchasini qayta tayyorlash, qayerga ishga joylashni oldindan ko‘ra bilish zarur.
Bozor munosabatlariga o‘tish shuningdek, ishlovchilar ijtimoiy tabaqalashuviga o‘zgartirish kiritadi. Bozor iqtisodiyoti uchun tadbirkor, mehnatga ijodiy yondashuvchi, bilimlarini qo‘llay oluvchi, menejment, marketing va biznesni biluvchi kishilar kerak. Ijtimoiy rivojlanish tadbirlari ichida kadrlarni barqaror­lashtirish va ularning qo‘nimsizligini tugatish bo‘yicha tadbirlar alohida o‘rin egallaydi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi tadbirlar ishchilar moddiy farovon­ligini oshirish(ish haqini tartibga solish, moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish), madaniy-maishiy hayot sharoitini yaxshilashga (yashash sharoiti, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, dam olishni tashkil etish va hokazo) qaratilgandir.
Ijtmoiy rivojlanish bo‘yicha tadbirlar iqtisodiy jihatdan asos­lan­­gan va texnikaviy-iqtisodiy tadbirlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan texnik iqtisodiy tadbirlar ijtmoiy tadbir­larni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va mehnat jamoasining a’zolarini ehtiyojlari va manfaatlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlanishi korxona umumiy biznes-rejasining tarkibiy qismidan iboratdir.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling