Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
532
shi-yomonni ajrata olish va bir-biriga madani-
yat bilan muomala qilishdadir.
Ilm olish bilan birga odob-axloqli ham bo‘lish 
kerak. Faqat ilm yegallasa-yu, xulqi yomon
odamlar bilan janjallashib yuradigan, boshqa-
larga ozor bersa, uning egallagan ilmidan foyda 
yo‘q. Shuning uchun ilm olish qatorida go‘zal 
odoblar bilan sifatlanishni ham bilish kerak.
Bolalar lug‘ati
ilm
– bilim, ma’lumot, bilish, 
idrok etish (har bir narsaning asl 
mohiyatini o‘rganish ilmdir).
Marra
– yutuq, g‘alaba.
Yutuq
– muvaffaqiyat, g‘alaba.
Rivoyat
bn Abbosdan:
– Sen qanday qilib shuncha ilmga erish-
ding, – deb so‘radilar.
U shunday javob berdi:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chi-
damli o‘qituvchi bilan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
533
Foydali nasihatlar
1. “Yoshlikda zahmat chekib
ilm o‘rgansang, kasb-hunar egal-
lasang, qariganda rohat topasan” 
(Koshifiy).
2. “Kim ko‘p kitob o‘qisa, kitob 
uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so‘zga 
chechan qiladi. Kitob yolg‘izlikdagi eng munis 
hamdamdir. Kitob o‘tmishdan ham, kelajak-
dan ham xabar beruvchidir. Kitob insondan 
hech narsa tilamaydi, ammo uni kamolga yet-
kazadi. Kitob odob-axloqning koni, bilimning 
bulog‘idir”.
3. Qiziqish ilmning eshigidir.
4. Diqqat-e’tibor ilmning makoni.
5. Bilak qila olmagan ishlarni ilm hal qila 
oladi.
6. Insonni bilim bilan odob bezaydi.
7. Ishlatilmagan bilim bora-bora eskiradi.
8. Bilmaganlik ayb emas, bilishga intilmaslik 
ayb.
9. Bilim shunday boylikki, uni hech kim 
tortib ololmaydi.
10. Sen barcha so‘zlarni bilim bilan so‘zlagin, 
barcha kishini bilimi uchun ulug‘lagin.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling