www.ziyouz.com kutubxonasi
131
Bas qiling atfol tosh otmoqki, qon bo‘lmish ichim,
Tegdi go‘yo toza qo‘yg‘an dog‘i pinhonimg‘a tosh.
Garchi toshing tutti yer jismimda, lekin zulm edi,
Buki o‘tti zaxm aro chun tegdi paykonimg‘a tosh.
Chun to‘yubtur notavon jismim baliyat toshidin,
Berma, ey gardun, g‘izo yanglig‘ yana jonimg‘a tosh.
Vazn uchun paymonani qilg‘il ulug‘, ey mayfurush
Kim, emas tortar uchun hojat bu mezonimg‘a tosh.
Jomni chekmakta g‘am daf’ig‘a qolqon ayladim,
Ey Navoiy, charxdin yog‘di bu qolqonimg‘a tosh.
255
Ey, gulshani husn ichra xating sabzai dilkash,
Kim atri etib ruh dimog‘ini mushavvash.
Ul ko‘zga emas hojati sog‘ar, negakim bor
Qon ichmak ila mastu mayi noz ila sarxash.
Olamni agar qo‘zg‘abon o‘t solsa, tong ermas,
Ul sho‘xki sarxush chiqibon, sekretur abrash.
Ruhoniyatim g‘olib erur, toki ichib roh,
Jonimg‘a solur aksini ul huri pariyvash.
Davr ahlida yo‘q sofki, aning g‘ashi yo‘qtur,
Juz soqiyi davr ilgida sofiy mayi beg‘ash.
Zohid, senu kavsar, bizu mug‘ dayri nedinkim.
Bir zahri balokash bizu sen no‘shi riyochash.
G‘ayringdin orig‘ ayladi ko‘nglini Navoiy
Kim, but raqami birla bu uy erdi munaqqash.
256
Shukrkim, sochtim esa g‘am tuni anjum kebi yosh,
Vasli subhida tulu’ ayladi ollimg‘a quyosh.
Zaxmlar ustida marhamg‘a momug‘luq qiladur,
G‘am sahobi necha yog‘durdi sinuq boshima tosh.
Tutosh erdi g‘am aro navhalarim bir-biriga,
Ayshdin kulgularim bir-biriga o‘ldi tutosh.
Hajr xunobi mayi vasli manga berdi samar,
Zahr bo‘lg‘ay edi og‘ushta bu xunobig‘a kosh.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |