www.ziyouz.com kutubxonasi
129
Vale ko‘nglumga bor ul muddao xush.
Agar no‘shi visol, ar zahri anduh,
Nekim tutsang icharbiz, soqiyo, xush.
Bu dayr ichra ul o‘zluktin qutuldi
Ki, kirgach tortti jomi fano xush.
Navoiy xushtur ashku ohi birla,
Anga chun keldi bu suyu havo xush.
251
Muhabbat shevasining lozimi ajzu niyoz ermish,
Vafo oyinining xosiyati so‘zu gudoz ermish.
Der erdilarki, ajz ahli niyozi nozaninlarning
Qilur nozini kam, ul mujibi tug‘yoni noz ermish.
Qaddining jilvasi ollinda sarvinozni ko‘rdum,
Bu bir asru furutan, ul bag‘oyat sarfaroz ermish.
Netib o‘lmayki, sabrim ozdin-ozu shavq ko‘ptin-ko‘p,
Ul oyning husni ko‘ptin-ko‘p, vafosi ozdin-oz ermish,
Jahon bog‘ida rustaxez tushmish erdi har yondin,
Jihat ma’lum qildim, sarvnozim jilvasoz ermish.
Birav bazmin bu aqshom rashki jannat dedilar,bilduk,
Shabistonin munir etkan bizing sham’i Tiroz ermish.
Balo zahrini chekmay zuhdung, ey so‘fi, erur borid,
Haqiqat ishqig‘a ham choshni ishqi majoz ermish.
Vafosiz erkanin dahr ahli bilmay, jon fido qildim.
Vafo ahlig‘a bu eldin munosib ehtiroz ermish.
Navoiy, o‘t Nahovandu Spahon birla Nayrezdin,
Husayni tuyg‘uchakim, sanga ohangi Hijoz ermish.
252
Feruza tugma birla nigorim bo‘ynida kish,
Oyu tunga charx javharidin ziynat aylamish.
Ul oyni hajr sari dalolat qilur ulus,
Bil, ey buzug‘ ko‘ngulki, yana bizga tushti ish.
Kelmakni tark qildiyu borurg‘a bo‘ldi jazm,
Bo‘lmay orada bir-iki qatla borish-kelish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |